Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Angliya liga kubogi. Final. «Chelsi» - «Liverpul» bahsida 22ta penalti tepildi va... (videosharh)

Angliya liga kubogi. Final. «Chelsi» - «Liverpul» bahsida 22ta penalti tepildi va... (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya liga kubogi musobaqasining final bahsi bo‘lib o‘tdi. "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Chelsi» va «Liverpul» klublari to‘qnash kelishdi.

Uchrashuv davomida jamoalar golga tortadigan vaziyatlar yaratishdi. Ammo ba’zida darvozabonlar qahramonlik ko‘rsatishgan bo‘lsa, ba’zan futbolchilar zarba berishda noaniqlikka yo‘l qo‘yishdi. Ikkita gol esa VAR yordamida bekor qilindi. Shu tariqa, uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi.

Penaltilar seriyasida esa har ikki jamoaning 11 nafardan futbolchilari ishtirok etishdi. Tuxel o‘yin so‘ngida penaltilar seriyasi uchun Eduard Mendining o‘rniga Kepa Arrisabalagani tushirdi. Bu esa xato qaror bo‘lib chiqdi. Kepa 11 zarbaning birortasini qaytara olmagani yetmaganidek, eng so‘ngida o‘zi noaniq zarba berdi.

Natijada "Liverpul" o‘z tarixida to‘qqizinchi marta Angliya liga kubogi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Angliya liga kubogi, final
Chelsi – Liverpul 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 10:11
Chelsi – Mendi (Arrisabalaga, 120), Aspilikueta (Djeyms, 57), Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Alonso, Kovachich (Jorjinyo, 105), Kante, Pulishich (Verner, 74), Maunt (Lukaku, 74), Xaverts.
Liverpul – Kellexer, Aleksander-Arnold, Matip (Konate, 90), van Deyk, Robertson, Xenderson (Elliott, 79), Fabinyo, Keyta (Milner, 80), Salax, Mane (Diogu Jota, 80), Dias (Origi, 97).
Ogohlantirishlar: Kovachich (90), Kante (99), Aleksander-Arnold (105), Xaverts (105).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:42, 28.02.2022.
O'qildi: 8231 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик