Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya - Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

«Quloqsiz» Obameyang Kataloniyada o‘zgaradimi? — barchasi uning o‘ziga bog‘liq

«Quloqsiz» Obameyang Kataloniyada o‘zgaradimi? — barchasi uning o‘ziga bog‘liq

Baho:
+ | -

Qishda «Barselona» Yevropadagi eng shov-shuvli transferlardan birini amalga oshirdi – 32 yoshli Pyer-Emerik Obameyang endi Kataloniya klubida faoliyat olib boradi. U allaqachon «Valensiya»ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi ba Kataloniya klubining asosiy yulduzlaridan biriga aylandi. «Arsenal»da Obameyang intizom bilan bog‘liq muammolarga uchragan edi. Yaqingacha gabonlik «kanonirlar»ning asosiy yulduzi, sardori va eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi edi.

Biroq shartnoma muddati tugashiga 1,5 yil qolganida u tekinga jamoani tark etdi. Obameyangning bugungi mavqeyi odamlar o‘ylaganchalik yuqori va ajoyib emas. «Borussiya»dalik vaqtida gabonlik ekstremal hujumchi bo‘lgan, biroq keyinchalik u markaziy strayker sifatida qayta ochilib ketdi. Forvardning o‘yinida yaqqol kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Auba sheriklari u uchun yaratadigan vaziyatlarga juda ham bog‘lanib qolgan va o‘z-o‘zidan golli hujumlar yarata olmaydi. Shunigdek, Obameyang ko‘pincha gol urish ko‘rsatkichlarida juda passiv harakat qiladi. Uning XG holati deyarli maksimal nuqtaga chiqmagan.

Oxirgi mavsumlardagi gollarning XGga nisbatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Obameyang bu borada bor-yo‘g‘i bir marta yuqori natija ko‘rsatgan xolos (ya’ni kutilganidan ko‘proq gol urgan). Bu 2019/20 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Obameyang 14,8 XG bilan 22 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. «Arsenal» gabonlik bilan yangi shartnoma imzolab, uni eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirdi (haftasiga 350 ming funt). Ammo Obameyang hech qachon bunga yarasha munosib o‘ynay olmagan.

Pyer-Emerik o‘zining yomon intizomi tufayli klub rahbariyatini asabiylashtirdi. So‘nggi ikki yil ichida u Yevropa Ligasining bir qator o‘yinlari oldidan kovid uchun topshirilishi shart bo‘lgan testlardan bosh tortdi va buning uchun jarimaga tortildi. «Tottenxem»ga qarshi derbiga kech qolgani uchun zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.

Dekabr oyi boshida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda londonliklar mag‘lub bo‘lgach, Obameyang Ronalduning Instagramdagi g‘alabali postiga layk bosdi. Bu esa «Arsenal» muxlislarini g‘azablantirdi. Gabonlik bilan muammolar ko‘rib turganingizdek, faqat intizom bilan bog‘liq hollarda kelib chiqqan. Dekabr oyi boshlarida shuningdek, Obameyang onasini ko‘rish uchun Fransiyaga yo‘l oldi va klub qarorgohiga qaytishda kech qoldi. Natijada yana takroran o‘yinlardan chetlashtirilaverdi.

Yakunda sardorlik bog‘ichidan ham mahrum qilindi. «U haqida chiqargan qarorlarimiz Aubaning o‘z vazifalarini bajarmagan vaziyatlariga asoslanadi», - deb tushuntiradi Arteta. So‘nggi bir yarim-ikki yil davomida Arteta yangi jamoasini muvaffaqiyatli tarzda qurib kelmoqda va bu omillarning barchasini (o‘zaro hurmat, ichki intizom, qisqa maoshlar) hisobga olgan holda, Obameyang yangi loyihani o‘ziga majburiy ko‘rmadi.

Obameyang «Barsa»ga qiyin davrda yordam bermoqda. Keyingi olti oy davomida u eng kam ish haqi olib o‘ynashga ham rozi bo‘ldi. «Barselona» yangi tizimga ko‘nikmoqchi. Jamoa qanchalik g‘alati eshitilmasin, Chempionlar ligasiga qaytishga intiladi va tarkibni Bartomeu davridagi «qora» transferlardan tozalaydi. «Barsa»ga ayni dam Aubadek hujumchi kerak. Rahbariyatga hozir bepul va arzon maoshga ko‘nuvchi futbolchilar zarur. Buni muzokaralarning borishi ham ko‘rsatib turibdi. Mundo Deportivo gazetasi xabarlariga ko‘ra, 32 yoshli gabonlikning maoshi 30 iyunga qadar haftasiga atigi 5 ming yevroni tashkil qiladi.

Ammo yangi mavsumdan boshlab u ko‘proq  olishi ham mumkin va buning uchun o‘zini har tomonlama ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Gabonlik dastlabki ikki o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi, ammo keyinchalik asosiy tarkibning bir qismiga aylandi. Beshta o‘yinda u 3 gol urdi va Yevropa ligasining 1/16 final bosqichida «Napoli» darvozasini ishg‘ol qildi. Obameyang Messining o‘rnini bosa olmagan bo‘lishi mumkin, lekin u de Yong va Breytueytdan ko‘ra foydaliroq bo‘lib chiqdi.

Obameyangning Ispaniya bilan bog‘liq yaqinliklari mavjud. U bobosiga «Real Madrid»da o‘ynashga va’da bergan. Buning ustiga futbolchining yaqin qarindoshlari «Valyadolid» atrofida istiqomat qilishadi. Ma’lumki, yanvar oyida Obameyangda klubini o‘zgartirish borasida bir nechta variantlar bor edi: «Yuventus», «PSJ», «Marsel», «Sevilya». Bundan tashqari unga Saudiyaning «Al-Nasr» va «Al-Hilol» jamoalaridan ham takliflar tushgan. Ammo Obameyang «Barselona»ni tasodifan tanlamadi. 2016 yilda Pyer «Borussiya»da yulduz darajasida o‘ynayotganida gabonlik «Real»da to‘p tepishni orzu qiladi. Margarita Krespo (Obameyangning onasi) AS nashriga bergan intervyusida: «U bobosiga «Real Madrid»da o‘ynashga va’da bergan. Bolaligidan u faqat «Real» haqida gapirgan va hech qachon «Barselona»ni o‘ylamagan, biz uni oq libosda ko‘rishni istardik», - deya ta’kidlaydi.

Kiritildi: 21:23, 28.02.2022.
O'qildi: 2854 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.