Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, Bolgariyaning Sofiya shahrida "kichik jahon chempionati" sifatida e’tirof etiladigan "Stanja" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish lozimki, Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina kabi terma jamoalar ikkita tarkib bilan ishtirok etgan musobaqada bunday natijani qayd etish, boks hamjamiyati orasida shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Bugun musobaqada ishtirok etgan charm qo‘lqop ustalarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov

Bronza:

-52 kg: Tursunoy Rahimova

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 07:55, 01.03.2022.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик