Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Navbahor" futbolchilari yangi mavsum oldidan rag‘batlantirildi

"Navbahor" futbolchilari yangi mavsum oldidan rag‘batlantirildi

Baho:
+ | -

Bugun “Navbahor” klubi bilan yaqin aloqalar o‘rnatish, yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan jamoa a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ularga 2022 yilgi Superliga bahslari starti oldidan motivasiya berish maqsadida, klub qarorgohiga O‘zbekiston – Rossiya SIBERIANWELLNESS xalqaro qo‘shma kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.

Mazkur kompaniya vakillariga Namangan shahar, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayev, Davlatobod tumani prokurori Muhammadali Qirg‘izboyev, Davlatobod tumanidagi Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Sohibjon Homidov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub prezidenti Otabek Samatov va klub sport direktori Akmal Sohibov hamrohlik qilishdi.

SIBERIANWELLNESS xalqaro kompaniyasi borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur kompaniya kosmetologiya mahsulotlari hamda immunitetni oshiruvchi faol biologik qo‘shimchalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 27 ta mamlakatning 64 shahrida o‘z filiallariga ega.

Shu jumladan, AQSH, Yevropa hamda Osiyo davlatlarida ham mazkur kompaniya filiallari bor.

Viloyatimizda esa ushbu xalqaro kompaniya filiali Chust shahrida joylashgan bo‘lib, kompaniya bosh direktori Bahrom Xodjimatovning ta’kidlashicha, 3 yildan buyon sportchilarni immunitetlarini oshirish borasida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, hozirgi kunda Chust shahrida meva-sabzavotlarni qayta ishlab, ulardan immunitetni oshiruvchi sharbatlar, bundan tashqari, faol biologik qo‘shimchalar ishlab chiqariladigan katta zavod qurilmoqda.

Kelajakda mazkur zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yurtimizga MDH mamlakatlari, shu jumladan, O‘rta Osiyo davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

SIBERIANWELLNESS xalqaro kompaniyasi vakillari  va ularga hamrohlik qilgan mehmonlar jamoamiz uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” o‘yingoh maydonida “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilari bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida SIBERIANWELLNESS xalqaro kompaniyasi bosh direktori Bahrom Xodjimatov so‘zga chiqib, o‘z so‘zida "lochinlar" muxlisi ekanligi, 2016 yili Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati bahslarini yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan  holda, bevosita stadionlarda kuzatish baxtiga muyassar bo‘lganligi, o‘shanda O‘zbekiston klublari ham Yevropa darajasiga chiqishlarini orzu qilganligi, bu orzuni esa Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor” amalga oshirishiga tilak bildirib, bo‘lajak mavsumda "Navbahor" o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishida omad yor bo‘lishini tiladi. 

Shundan so‘ng, “Navbahor” jamoasi vakillariga SIBERIANWELLNESS xalqaro kompaniyasining maxsus sovg‘alari topshirildi.

Kiritildi: 20:29, 01.03.2022.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.