Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti lavozimini tark etdi

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti lavozimini tark etdi

Baho:
+ | -

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE) prezidenti lavozimini tark etdi.

«2022 yilning 28 fevralida Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostida qoldim. Bu qarorni adolatsiz deb bilaman. Jazo choralari sha’nim, qadr-qimmatim va ishchanlik obro‘yimga putur yetkazuvchi yolg‘on ayblovlar to‘plamidir.

O‘z sha’nim va obro‘yimni himoya qilish uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanaman.

Shu tariqa adolat qaror topmaguncha, FIE prezidenti sifatidagi vazifamni to‘xtataman», — deb yozadi Usmonov o‘z murojaatida.

Avvalroq Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari ro‘yxatiga tushgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 2008 yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelayotgandi. U FIE’ga 2012, 2016, va 2021 yillarda qayta saylangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:25, 01.03.2022.
O'qildi: 1332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик