Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

FIFPro RPL legionerlari o‘z shartnomalarini buzishga haqli bo‘lishini xohlamoqda

FIFPro RPL legionerlari o‘z shartnomalarini buzishga haqli bo‘lishini xohlamoqda

Baho:
+ | -

Xalqaro professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi (FIFPro) RPLning barcha legionerlariga o‘z klublarini tark etish huquqini berish taklifi bilan FIFAga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, ushbu tashabbusga ko‘ra, Rossiya jamoalarining xorijlik futbolchilari hech qanday oqibatlarsiz kelishuvlarni bekor qilishlari mumkin. Ayni paytda Rossiyada 200 ga yaqin xorijlik futbolchilar o‘ynaydi, ulardan 133 nafari Premyer-ligada.

«Biz FIFA buni amalga oshiriga chaqirdik. Ushbu chora imkon qadar tezroq amalga oshirilishi kerak. Bizga ziddiyatning kuchayishi futbolchilarga klubga tovon to‘lamasdan shartnomani bekor qilish imkoniyatini berish uchun asos bo‘lib ko‘rinadi. Hozirda FIFA bilan bu haqda gaplashyapmiz.

Ikki yil avval FIFA koronavirus tufayli transfer qoidalarini vaqtincha o‘zgartirdi. FIFA rahbarlari favqulodda vaziyatlarda qoidalarni o‘zgartirishi mumkin, bu o‘sha paytda isbotlangan. Vaziyat o‘ta xavotirli ekan, biz o‘yinchilarga mamlakatni tark etish erkinligi berilishi kerak, deb hisoblaymiz», dedi FIFPro boshqaruv kengashi a’zosi Luis Everard.

Kiritildi: 23:16, 01.03.2022.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик