"Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o‘tadi.
Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli daniyalik 99 foizlik ehtimol bilan Kataloniya klubi futbolchisiga aylanadi.
Qayd etilishicha, tomonlar shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan va faqat ayrim fors-major holatlargina transfer jarayonining uzilishiga olib kelishi mumkin.
Kristensen joriy mavsum “Chelsi” safida 26 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.