Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

O‘FA yoshini kichraytirgan futbolchi borasida qaror qabul qildi

O‘FA yoshini kichraytirgan futbolchi borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbolchilari uyushmasining O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasiga yuborgan xatiga muvofiq futbolchi – G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘lining haqiqiy shaxsiy ma’lumotlari va ism-familiyasi bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqilgan.

Qo‘mita yig‘ilishida futbolchi G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘lining vakili sifatida O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi raisi K.Murzoyev futbolchi haqiqatda ham bundan bir necha yillar avval, ayrim o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli o‘zining ma’lumotlarini, aniqrog‘i pasportdagi ismi va familiyasini ukasi – G‘ofurov Husniddin Xusanboy o‘g‘li nomiga rasmiylashtirgani va aynan ushbu ism va familiya ostida faoliyatini davom ettirganini ta’kidlab o‘tdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat Buvayda tuman sudining 2020 yil 3 mart kunidagi hukmiga ko‘ra G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘lini ukasi G‘ofurov Husniddin Xusanboy o‘g‘li bilan bir-birlarining shaxsiy ma’lumotlari va ism-familiyalarini almashtirgan holda rasmiylashtirilgan fuqarolik pasportlari belgilangan tartibda yo‘q qilinib, ularning haqiqiy shaxsiy ma’lumotlari va ism-familiyalari bo‘yicha fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilishi ta’minlangan.

Qo‘mita ushbu vaziyatni o‘rganish davomida, futbolchi haqiqatda ham bunga o‘zi istamagan holda o‘sha vaqt faoliyatini boshlagan murabbiylari va ota-onasi qistovi bilan rozilik bergan degan xulosaga keldi.

Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi futbolchini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli hujjatlarini ukasining shaxsiy ma’lumotlari asosida rasmiylashtirgani, bu vaziyatdan chiqish uchun yordam so‘rab murojaat qilayotgani, uning futboldagi iqtidor va qobiliyatini inobatga olgan holda uning o‘ziga tegishli shaxsiy ma’lumotlari asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlarini O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berishni hamda G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘liga jarima intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasiga havola etishni lozim topdi.

Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan G‘ofurov Anvarjon Xusanboy o‘g‘liga uning haqiqiy shaxsiy ma’lumotlari va ism-familiyasi asosida rasmiylashtirilgan fuqarolik pasporti bo‘yicha imzolangan mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlarini O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazilishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shuningdek, mazkur qaror nusxasi G‘ofurov Anvarjon Husanboy o‘g‘liga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasiga taqdim etilishi belgilandi.

Manba: ЎФА
Kiritildi: 13:34, 02.03.2022.
O'qildi: 1198 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик