Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Temur Kapadze: «Olimpik» jamoasiga legionerning keragi yo‘q»

Temur Kapadze: «Olimpik» jamoasiga legionerning keragi yo‘q»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan «Olimpik» — «Surxon» (0:0) uchrashuvidan so‘ng olimpiyachilar bosh murabbiyi Temur Kapadze fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

— Hammani mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Jamoalarga omad tilayman. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Birinchi tur bo‘lgani uchun qayerdadir hayajon sezildi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Superliganing havosi boshqa. ”Surxon“ kuchga tayanib o‘ynadi. Uzatmalar bilan o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz.

— Jamoa mavsum oldidan legioner olmadi. Buni sizning shaxsiy qaroringizmi?
— Bizga legionerning keragi yo‘q. Maqsadimiz bunday o‘yinlar orqali tajriba olish. Osiyo chempionati turibdi, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak. O‘zimizning yigitlar legionerlardan ham yaxshi harakat qiladi.

—Bir bosh baland raqiblar bilan o‘yinlarda futbolchilarga qanday motivasiya berasiz?
— Ruhiy holat muhim ahamiyat kasb etadi. «Surxon» ham nimalarga qodirligini bilmas edik. Hayajon to‘sqinlik qildi. O‘yindan o‘yinga kuchli bo‘lib boramiz. Yigitlar bosimdan o‘tib olishdi.

Jismoniy holatimiz optimal emasdir. Ikkinchi bo‘lim oxirida charchoq sezilgan bo‘lishi mumkin. Biz har tomonlama yaxshi edik. «Surxon» murabbiyi jismoniy tomondan munosib tayyorlaganligi ko‘rindi. Ispaniyalik murabbiy ko‘proq kombinasiya orqali o‘ynaydi, deb o‘ylagandik. Xatolar orqali o‘zimizga ishonch ortadi. Yigitlar bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi. Superligada oson jamoalar yo‘q. Ularga qarshi bahslarda foydali narsa olamiz.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 22:25, 02.03.2022.
O'qildi: 1706 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.