Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yaqin orada jamoani tark etish niyatida emas, deb xabar bermoqda Mirror nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 18 yoshli angliyalik futbolchiga APLning top-klublari, jumladan, «Liverpul» va «Manchester Yunayted» qiziqishlariga qaramay, hech bo‘lmaganda 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha "Borussiya" jamoasida qolmoqchi.
Qayd etilishicha, futbolchining «Borussiya» bilan shartnomasida tovon puli bo‘yicha band yo‘q.