Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Selta 1-2 Real Madrid
20/10 15:00 Neftchi 2-2 Navbahor
20/10 15:30 Empoli 0-1 Napoli
20/10 17:00 Malyorka 1-0 Rayo Valyekano
20/10 17:15 Olimpik 1-0 Qizilqum
20/10 18:00 Lechche 0-6 Fiorentina
20/10 18:00 Venetsiya 0-2 Atalanta
20/10 18:00 Vulverhempton 1-2 Manchester Siti
20/10 19:15 Atletiko 3-1 Leganes
20/10 20:30 Liverpul 2-1 Chelsi
20/10 21:00 Kalyari 3-2 Torino
20/10 21:30 Vilyarreal 1-1 Xetafe
20/10 23:45 Roma 0-1 Inter
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona - OKMK
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

Serxio Ramos, Isko, Lingard va Fati. Ushbu mavsum umidlarni oqlamagan futbolchilar

Serxio Ramos, Isko, Lingard va Fati. Ushbu mavsum umidlarni oqlamagan futbolchilar

Baho:
+ | -

Ushbu mavsum ichki chempionatlarda unchalik ko‘p maydonga tushmagan yulduz futbolchilar haqida hikoya qilishga qaror qildik.

Aleksandr Kolarov (Serbiya) – «Inter» safida 38 daqiqa

Aleksandr «Manchester Siti» bilan Angliya va «Inter» bilan Italiya chempioni bo‘lgan futbolchi hisoblanadi. Kolarov Ronaldu bilan tengdosh, shuningdek u Ibragimovichdan to‘rt yosh kichik va Zlatan bilan bir shaharda o‘ynaydi, shuning uchun serbni yoshi katta futbolchi deb hisoblamaymiz. Aleksandrga imkon berilsa, u hali ham o‘z imkoniyatlaridan maksimal tarzda foydalanishi mumkin edi. Konte uchun chempionlik mavsumida serb futbolchisi vaqti-vaqti bilan o‘ynagan. Ammo bu mavsumda u deyarli maydonda ko‘rinish bermayapti. Kolarov hozirgacha bor-yo‘g‘i 39 daqiqa davomida o‘ynagan. Simone Indzagi tajribali himoyachiga umuman ishonmaydi. Yanvar oyida Aleksandr bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo bu holat yuz bermadi.

Samuel Umtiti (Fransiya) – «Barselona» safida 90 daqiqa

Umtiti JCH-2018da Fransiya terma jamoasi himoyasining markazida Rafael Varan bilan ajoyib juftllik hosil qildi, ammo o‘shandan keyin Sem boshqa yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatmadi. Bu mavsumda u «Barsa» tarkibida bitta o‘yinda maydonga tushdi. Ayni paytda fransuz barmog‘i singani uchun kasalxonada davolanmoqda. Yil boshida «Barselona» himoyachi bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirgani barchani ajablantirdi. Aslida, bu jamoaga yangi kelgan Ferran Torresni maoshi bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun qilingan harakat edi.

Jo Gomes (Angliya) – «Liverpul» safida 105 daqiqa

Gomes Chempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsumida «Liverpul»ning asosiy himoyachisi bo‘lgan (Premyer-ligada 28 ta o‘yin, 2000 daqiqa o‘ynagan), Angliya terma jamoasida ham o‘ynagan va dunyodagi eng istiqbolli markaziy himoyachilardan biri hisoblanar edi, ammo endi Jo klubda zahira o‘yinchisiga aylanib qoldi. U Matip va van Deyk, qolaversa yangi kelgan Konatedan keyingi futbolchi hisoblanadi. Futbolchi bu holatni shunday izohlaydi: «Men tizzam bilan bog‘liq muammolardan keyin avvalgi darajamga qaytolmadim».

Ross Barkli (Angliya) – «Chelsi» safida 151 daqiqa

Yodingizdami, shunday iqtidorli ingliz yarim himoyachisi bor edi? Ross «Everton»da ajoyib o‘ynadi (179 o‘yinda 27+28) va 2018 yilda u «Chelsi»ga o‘tdi. Shundan keyin asta-sekin zahira futbolchisiga aylandi. Barkli ayni paytda 28 yoshda va qaysidir ma’noda «Chelsi» u o‘ynagan eng oxirgi top-klub bo‘lishi mumkin. Chunki boshqa hech bir yetakchi jamoa u bilan shartnoma imzolashiga ishonish qiyin.

Saul Niges (Ispaniya) – «Chelsi» safida 165 daqiqa

Saulning omadsiz mavsumi yoqimsiz syurpriz bo‘ldi. Bu futbolchining  «Atletiko»dagi o‘yinlarini tomosha qilish yoqimli edi. Niges «matraschilar» safida 340 ta o‘yin o‘tkazgan, Chempionlar ligasi yarim finalidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yinda g‘alaba golini kiritgan, Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan va bir vaqtlar uning transfer narxi 100 million yevrogacha ko‘tarilgan. O‘tgan yozda u «Chelsi»ga ko‘chib o‘tdi. Londonda asosan kubok o‘yinlarida maydonga tushmoqda. Premyer-ligada ispaniyalikning omadi kelmadi.

Jessi Lingard (Angliya) – «Manchester Yunayted» safida 174 daqiqa

Lingard bir necha bor APL darajasida o‘zining qanday futbolchi ekanligini namoyish etgan. Misol uchun, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Jessi ijara asosida «Vest Xem»da juda yorqin o‘yin ko‘rsatdi —16 uchrashuvda u 9 ta gol va 5 ta golli uzatma. «Bolg‘achilar» vingerga to‘liq shartnoma taklif qilishdi, biroq Lingard «Manchester Yunayted» zaxira o‘rindig‘ini tanladi. Ammo mankunianliklar safida uning omadi kelmayapti. Joriy mavsum Jessi bir marta boshlang‘ich va 11ta o‘yinda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Shunchalik kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa ham, u ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi va ulardan biri «Manchester Yunayted»ga g‘alaba keltirgan.

Ansu Fati (Ispaniya) – «Barselona» safida 214 daqiqa

O‘ta iqtidorli yigit mavsum boshlanishidan oldin «birinchi o‘nlikdan» joy oldi, shuningdek, uni Messining vorisi ekanligi ta’kidlandi. Fati haqiqatan ham juda zo‘r futbolchi: u La Ligada 214 daqiqada 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, faqat bir qator jarohatlar Ansuga so‘nggi bir yarim yil ichida futbol o‘ynashiga to‘sqinlik qildi. Fati hozirda ham son jarohatini tuzatish bilan ovvora.

Serxio Ramos (Ispaniya) - PSJ safida 239 daqiqa

«Real Madrid» yetakchi va sardori bo‘lgan Ramos Peresning shartlariga rozi bo‘lmadi, ammo «PSJ» Serxioning shartlarini qondirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo futbolchining Parijdagi ishlari yaxshi emas. Klub sport direktori Leonardoning so‘zlaridan keyin bunga hech qanday shubha yo‘q:

«Biz u bilan shartnoma imzoladik va u o‘sha paytda yaxshi jismoniy holatda edi. Afsuski, biz tasavvur qilgan narsa amalga oshmadi. O‘ynamagani uchun Ramosning jamoa yetakchisiga aylanishi qiyin. Xulosa chiqarishdan oldin kutamiz, mavsum hali tugamagan. Lekin men xatoga yo‘l qo‘yganimda javobgarlikni olishdan qo‘rqmayman».

Ramosning debyuti noyabr oyining oxirigacha kutilgandi, keyin u dekabr va yanvar oylarida yana bir nechta o‘yinlarda qatnashdi, biroq bir oydan ortiq vaqtdan keyin yana jarohat oldi.

Isko (Ispaniya) – 258 daqiqa «Real» safida

Fransisko Alarko yoki oddiygina Isko 9 yildan beri «Real Madrid»da o‘ynamoqda va klub safida 350 ta o‘yin, hamda 100 dan ortiq samarali harakatni amalga oshirgan, ammo hozir Iskoning Madriddagi ishlari avvalgi kabi emas. U klub safida vaqti-vaqti bilan o‘ynaydi va biz aniq aytishimiz mumkinki, u yozda «Real»dan ketadi.

Garet Beyl (Uels) – 267 daqiqa «Real» safida

O‘tgan mavsumda Beyl ijara asosida qaytgan «Tottenxem» libosida 16 ta gol urib, futbol o‘ynashni esdan chiqarmaganini eslatib qo‘ydi. Ispaniya chempionatining dastlabki uch turida Karlo Anchelotti Garetni asosiy tarkibda maydonga tushirdi, uelslik futbolchi hattoki «Levante» darvozasiga gol ham urdi, ammo keyin jarohat olib, to‘rt oyga safdan chiqdi. Ammo hozir u sog‘lom, lekin murabbiy unga ishonch bildirmayapti.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 11:17, 04.03.2022.
O'qildi: 2124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.