Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Saloh: "Agar bugun o‘ladigan bo‘lsam - orzu qilgan narsalarimning ko‘piga erishganimni bilaman"

Saloh: "Agar bugun o‘ladigan bo‘lsam - orzu qilgan narsalarimning ko‘piga erishganimni bilaman"

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh hayotidagi maqsadlari haqida gapirdi.

«Mening hayotdagi maqsadlarimdan biri - odamlarni orzu qilgan narsalariga erishish qobiliyatiga ishontirishdir. Shveysariyaga kelganimdan beri uning ortidan quvaman. Ingliz tilini bilmaganim uchun hayot oson bo‘lmagandi. Men o‘zimdan so‘radimki, hamma ketgan va hech narsaga erisha olmaganlar kabi Misrga ketganim yaxshimi yoki qolish hamda muvaffaqiyatga erishish yaxshiroqmi?"

Hujumchining so‘zlariga ko‘ra, u boshqalardan farqli o‘laroq, harakat qilishga uringan va mamlakatini tark etgan misrliklar qilgan hamma narsani o‘rgangan.

«Men muvaffaqiyatga erishish uchun iste’dodning o‘zi yetarlimi yoki o‘zimning ruhiyatim ustida ishlashim kerakligini bilish uchun shaxsiyatni rivojlantirish kabi narsalarga e’tibor qarata boshladim. Agar 6-7 yil oldin Misrda bizda dunyoning eng yaxshilari bilan raqobatlasha oladigan futbolchi bormi, deb so‘raganimda, hamma yo‘q deb javob bergan bo‘lardi. Endi hammasi boshqacha. Bu mening hayotimdagi asosiy maqsadim edi. Agar men bugun o‘layotgan bo‘lsam, orzu qilgan narsalarimning ko‘piga erishganimni bilaman» - dedi Saloh Yallakora bilan suhbatda.

29 yoshli misrlik joriy mavsumda «Liverpul» safida 32 o‘yinda 27 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:24, 04.03.2022.
O'qildi: 1736 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.