Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

«Chelsi»da Abramovichning cho‘ntagiga eng ko‘p kimlar «zarar keltirgan» edi?

«Chelsi»da Abramovichning cho‘ntagiga eng ko‘p kimlar «zarar keltirgan» edi?

Baho:
+ | -

«Chelsi»ga egalik qiluvchi dunyoga mashhur oligarxlardan biri Roman Abramovich chorshanba kuni o‘z jamoasini sotish uchun xaridor izlayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Ushbu voqea Buyuk Britaniyada sanksiyalar qora ro‘yxatiga kirish xavfi ostida ro‘y berganini barcha biladi. Rossiyalik milliarder 19 yil mobaynida «Chelsi»ga egalik qildi. Ushbu davr jamoa tarixidagi eng shonli tarix sifatida qoladigan bo‘ldi. Rus oligarxining millionlari klubga eng nufuzli musobaqalarda raqobatlashish hamda qimmat xaridlarni amalga oshirish imkonini bergan edi. Quyida Abramovichning amalga oshirgan eng qimmat transferlariga birma-bir to‘xtalib o‘tamiz.

Fernando Torres – 50 million funt

Ispaniyalik hujumchi 2011 yilning yanvarida 50 million evaziga «Liverpul»dan xarid qilinadi. O‘shanda ushbu transfer «Chelsi» tarixidagi eng qimmatiga aylangan edi. Ammo Torres o‘zining mersisayddagi qobiliyatini Londonda ham namoyish eta bilmadi. U «Chelsi»dagi dastlabki 46 ta o‘yinida bor-yo‘g‘i 7 ta gol urishga erishgan, xolos. Fernando «Liverpul»da 102 ta o‘yinda 65 ta golga mualliflik qilgandi va bu, tabiiyki «Chelsi»dagi pasayishni ko‘rsatadi. Shunga qaramay, klub muxlislari Fernando Torresning «Barselona»ga qarshi bahsda urgan hal qiluvchi golini hech qachon unutmaydi. Chunki jamoa o‘sha yili YECHLni ilk marta yutgan edi.

Kristian Pulishich – 57,6 million funt

Amerikalik futbolchi Abramovich erasidagi eng qimmat beshta o‘yinchidan biri sanaladi. 23 yoshli vinger 2019 yilning yanvarida «Borussiya Dortmund»dan 57 milliondan oshiq mablag‘ evaziga transfer qilinadi. Pulishich Londonda o‘zi kutgan darajaga chiqa olmadi. Futbolchi jarohat zahmidan hali ham qiynalmoqda. Biroq AQSH terma jamoasi a’zosi «aristokratlar»larning eng yaxshi futbolchilari qatorida bo‘lishga erishgan. U o‘tgan mavsumda jamoasini Yevropa chempioni qilishda katta mehnatni bajardi. Kristian ayni vaqtga qadar «Chelsi» uchun 100 ta o‘yinda ishtirok etib, 21 ta golga mualliflik qilgan.

Alvaro Morata – 60 million funt

«Chelsi» 2017 yilning iyul oyida o‘z tarixidagi yana bir qimmat futbolchini xarid qildi. Morata «Real»dan sotib olinadi. Ispaniyalik hujumchi ijara davrida «Yuventus»da porlagan edi. Ammo APL u uchun omadli makon bo‘lmadi. Ikki mavsumdan keyin Morata avval ijaraga, keyinchalik esa doimiy ravishda «Atletiko»ga ko‘chib o‘tdi. U «Chelsi» bilan 72 ta o‘yinda 24 golga mualliflik qildi.

Kepa Arrisabalaga – 71 million funt

Tibo Kurtuani «Real Madrid»ga sotib yuborgach, «Chelsi» uning o‘rniga yangi nomzod qidira boshladi. Ushbu jarayon davomida «Atletik»dan Kepani sotib olishga kelishiladi. Ushbu xarid «ko‘klar» uchun o‘ta qimmatga tushdi. Darvoza uchun 71 million funt sarflagan jamoa, o‘z umidlari ro‘yobini ko‘rmadi. Chunki Arrisabalaga ikki mavsum ichida ishonchsiz futbolchiga aylanib qolgandi. Shu sabab uning o‘rni Eduar Mendiga berildi.

Kay Xaverts – 73 million funt

Xaverts Germaniyada yorqin porlashga erishadi. U «Bayer Leverkuzen» safid 150 ta o‘yinda 46 ta gol urgach, gigantlar nishoniga aylanadi. Yosh futbolchi uchun kurashda «Chelsi» ustunlik qildi. Ammo u bilan «MYU», «Bavariya» hamda «Barselona» ham kurashga kirgandi. Kayga Londondagi faoliyat oson kechmadi. Ammo Germaniya terma jamoasi a’zosi klubga eng muhim pallalarda yordam bermoqda. Aynan uning gollari sabab «Chelsi» hozirda YECHL hamda Jahon chempioniga aylandi.

Romelu Lukaku – 98 million funt

Lukakuga «Chelsi»da ikkinchi imkoniyat taqdim etildi. Chunki londonliklar Erling Xolandni sotib olishni udda qila olishmaydi. Belgiya terma jamosi a’zosi mavsumni zo‘r boshladi, «Emireyts»da dubl qayd etdi. Ammo shundan keyin gol urishda muammolarga duch keldi. Odamlar esa uni Tomas Tuxel jamoasiga mosligini savol ostiga qo‘ya boshladi. Ayni damga qadar markaziy hujumchi barcha musobaqalarda 30 marta maydonga tushgan. Uning hisobida esa 11 ta gol bor.

Sizchi? Siz Lukaku xaridi to‘g‘ri bo‘lgan deb hisoblaysizmi? Javoblaringizni izohlar qismiga yozishni unutmang!

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 13:28, 04.03.2022.
O'qildi: 2479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.