Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Levandovski uchun ma’quli qaysi?

Levandovski uchun ma’quli qaysi?

Baho:
+ | -

Levandovski so‘nggi yillarda transfer olamida u qadar ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan futbolchi emas. Biroq 2023 yilning yozida shartnomasi yakunlanadigan megayulduzga da’vogar klublarni yo‘q deb ham bo‘lmaydi. Axir jahonning eng kuchli to‘purarlaridan sanalgan Robertni qaysi jamoa o‘z safida ko‘rishni istamaydi deysiz?! Xo‘sh, Levandovski uchun «ov»ga chiqqan klublarning imkoniyatlari qanday?

«Atletiko»

Levandovskining Madridga yo‘l olishi haqidagi xabarlar Marca nashri tomonidan ham bir necha bor tasdiqlandi. Unga ko‘ra, agar «Bavariya» Joau Feliksni qo‘lga kiritsa, Robertning transferi amalga oshishi mumkin. Matbuotda portugaliyalik futbolchi «Atletiko»ni tark etishni istashi va Diyego Simeone klubdagi vaziyatdan kelib chiqib, uni qo‘yib yuborishga qarshi emasligi haqida xabar berildi.

Agar Feliksning shartnomasiga Levandovski ham qo‘shiladigan bo‘lsa, voqealar rivoji yanada fantastik tus olishi mumkin. Polyakni bu klubga o‘tishga nima undayotgani unchalik aniq emas, ammo top forvardlar haqida bu kabi mish-mishlar doimo bo‘lib kelgan. Ha, Robert Ispaniyada o‘ynashni istayotganini aytgan edi, ammo «Atletiko» muxlislarining fikriga ko‘ra, bu Leva uchun jiddiy manzil emas.

«Arsenal»

«Kanonirlar»ning Levandovskiga qiziqishi haqida ilk bor FourFourTwo nashri xabar bergan edi. Unga ko‘ra, Obameyang jamoani tark etganidan so‘ng, Arteta tarkibni kuchli hujumchi bilan to‘ldirishni jiddiy maqsad qilgan. Chunki yozda Lyakazett va Nketiyalarning ham ketish ehtimoli yo‘q emas. Levandovskini qo‘lga kiritishdan asosiy maqsad «Arsenal» uchun APLda kuchli to‘rtlikka kirish hisoblanadi. Bu orqali jamoa uzoq kutilgan YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlari mumkin. Darhaqiqat, hozir «kanonirlar»ga tom ma’noda sof hujumchi yetishmaydi.

«Arsenal» bu borada «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» bilan raqobatlasha olmaydi, chunki bu klublarda hozirda kuchli to‘qqizlik hujumchisi mavjud. Biroq Levaning sekin-asta poydevori qurilayotgan jamoa safiga kelish-kelmasligi qanchalar haqiqatga yaqinligi barchaga birdek qiziq bo‘lsa kerak. Chunki, «Bavariya» va «Arsenal» o‘rtasida yer va osmoncha farq mavjud.

«Real Madrid»

«Qaymoqranglilar» safida o‘ynash Robert uchun ancha yillardan beri orzu bo‘lib kelmoqda. Ayni dam madridliklar bir vaqtning o‘zida ham Mbappeni, ham Xolandni qo‘lga kiritish yo‘lida harakat olib boradi. Ammo bu borada voqealar rivoji qanday kechayotgani hech kimga ma’lum emas. «Qirollik klubi» tarkibdagi ayrim yosh futbolchilar bilan qoniqarli shartnomalar imzolay olmayapti. Buning ustiga jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Karim Benzema bilan ham o‘zaro munosabatlar u qadar yaxshi emas. Bu kabi omillar Levandovskini «Real» lageriga yanada yaqinlashtirishi aniq. Robertning o‘zi esa bu kabi mish-mishlarga keskin javob qaytardi:

Hozir men «Bavariya» futbolchisiman va bu kabi gap-so‘zlarga ahamiyat bermayman. Men ularni ko‘p yillar davomida eshitib kelaman. Ha, bir paytlar Florentino Peresni Madridda uchratganim rost. Lekin bu meni Madridga ketadi degani shubhalarga aralashtirmasligi kerak.

Diario AS jurnalisti Marko Ruis ham «Real Madrid» bilan bog‘liq voqealarga o‘z munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, Levandovski «qaymoqranglilar» lageriga o‘tishni orzu qiladi va agentidan yozda Madridga ko‘chib o‘tish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishini allaqachon so‘ragan ham.

O‘z navbatida, «Real Madrid» Ruisning so‘zlariga ko‘ra, agar Xolandni qo‘lga kirita olmasa, polyakni transfer qilish variantini o‘rganib chiqishi mumkin.

«Bavariya» bilan vaziyat

Tashqaridan qaraganda, Levandovski uchun myunxenliklar lagerida qolish mantiqiy jihatdan eng to‘g‘ri variant bo‘lib tuyuladi. Albatta, karyerasini yakunlash arafasida futbolchilar iloji boricha o‘z klublariga sodiq qolganlari ma’qul. Bu uning to‘plagan butun obro‘siga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bu borada Robertga «Bavariya» rahbarlari ham yordam berishga tayyor. Rahbariyat klub natijalariga katta hissa qo‘shib kelayotgan Levandovskini albatta, jamoada ushlab qolish uchun harakat qiladi.

Fevral oyi oxirida «Bavariya» sport direktori Hasan Salihamidjichning polshalik bilan yangi shartnoma tuzish istagi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng Levandovskiga ushbu mavzuda savol berildi, ammo futbolchi rahbariyat kutganidek javob bermadi. Bild, o‘z navbatida, hujumchi va uning agenti Pini Zaxavi Myunxen klubi rahbariyati yangi kelishuvni muhokama qilish uchun haligacha Robert bilan bog‘lanmaganidan hayratda ekanini ta’kidlamoqda. Biroq ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bitim uchun uchrashuvi allaqachon bahorga belgilangan.

Ammo, agar klub Levaga mos keladigan taklif bilan chiqmasa, u yozda ketishga tayyor. Levandovski 33 yoshda, u boshqa nemis klubiga o‘tishi mantiqqa zid. Biroq Angliya yoki Ispaniyaga ko‘chish Robertning hozirgidek super o‘yinini ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Bundesligadagi raqiblarning darajasi unga bir mavsum davomida 40 dan ortiq gol urish imkonini beradi.

Futbolda cheklov yo‘q. Hech kim Levandovskini boshqa ligada o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishiga to‘sqinlik qilmaydi, ammo hozirgi barcha transfer mish-mishlari uning «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish foizlari yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Darhaqiqat, mahalliy nufuzli manbalardan hech biri hali Levandovskiga ehtimoliy jiddiy xaridor chiqqani haqida ma’lumot bermadi.

Kiritildi: 03:00, 05.03.2022.
O'qildi: 2779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.