Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Siz buni bilishingiz kerak! APLning joriy mavsumida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilar

Siz buni bilishingiz kerak! APLning joriy mavsumida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilar

Baho:
+ | -

2021/2022 yilgi mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan Angliya Premyer-ligasi futbolchilari.

Jarrod Bouen («Vest Xem»)

Devid Moyes boshchiligidagi «Vest Xem» kuchli to‘rtlik uchun kurashmoqda. Klubning bunday o‘yinlarida futbolchi Jarrod Bouenning xizmatlari katta. Yarim himoyachi «gol+pas» tizimi bo‘yicha Premyer-ligada 8+8, boshqa turnirlarda 5 (4+1) ochko jamg‘argan.

Bouenning ajoyib futbolchi ekanligini tasdiqlash uchun bir nechta statistika mavjud. Misol uchun, Jarrod «Vest Xem»ning xG (kutilgan gollari) bo‘yicha yetakchisi (10,44) va liga miqyosida bu yettinchi eng yaxshi natijadir. Qolaversa, Bouen WhoScored tomonidan 7,31 balga loyiq ko‘rilgan va bu klubdagi eng yuqori natija.

2021/2022 yilgi mavsumda Bouen shu qadar zo‘r o‘ynadiki, hatto bu Yurgen Kloppni ham hayratda qoldirdi: «Menga Bouenning o‘yini juda yoqadi. U «Xall»da yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va u Premyer-liga o‘zini ko‘rsatishi uchun ko‘p vaqt ketmadi».

Xose Sa («Vulverxemton»)

Ligadagi eng yaxshi darvozaboni «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» yoki «Chelsi»dan emas, balki «Vulverxempton» a’zosi. Top-klublar posbonlari oldindan bu chempionatda o‘ynagan, ammo Xose Sa APLda yangi futbolchi hisoblanadi.

29 yoshli darvozabon Premyer-ligaga yozda keldi («Olimpiakos»dan 8 million yevro evaziga) va darhol yuqori darajadagi o‘yinlar namoyish etishni boshladi.

Premer-ligada Sa 84,2% zarbalarni (ligadagi eng yaxshi), barcha musobaqalarda - 81,9% zarbani qaytarishga erishdi. Shuningdek, PSxG-GA/90 mezoniga ko‘ra (o‘rtacha 90 daqiqada kutilgan zarbalardan o‘tkazib yuborilgan gollar va haqiqiy o‘tkazib yuborilgan gollar o‘rtasidagi farq), Ca David de Xeadan keyin kuchli beshlikdagi ikkinchi eng yaxshi darvozabon hisoblanadi.

Sa haqida futbolchining klubdagi sherigi Daniel Podense shunday deydi: «Sa — ajoyib futbolchi. U bilan bir jamoada o‘ynaganimdan xursandman».

Emmanuel Dennis («Uotford»)

«Uotford»ning Angliya Premyer-ligasidagi ishlari yaxshi emas, ammo ularda e’tirofga loyiq futbolchi bor. Hujumchi Emmanuel Dennis joriy mavsum liganing eng yaxshi to‘purarlari beshligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi (9 gol). Qiziq tomoni shundaki, «Uotford» bu mavsumda Premer-ligada atigi 25 marta gol urgan va jamoa gollarining 36 foizi aynan nigeriyalik hujumchi hisobiga yozilgan. Qolaversa, Dennis tez-tez assistentlik ham qiladi - 5 ta. Bu natija orqali Emmanuel ligadagi eng yaxshi 10 nafar assistentlar ro‘yxatiga kirgan.

Aytgancha, Angliyaga ko‘chib o‘tishdan oldin ham «Manchester Yunayted» va «Arsenal» nigeriyalik futbolchiga qiziqish bildirishgan, ammo «Bryugge» 15 funt sterlinglik taklifni rad etdi va unga 25 million funt sterling narx belgiladi. Natijada, hech qaysi klub uni sotib olishni istamadi va shartnoma tugashiga yaqin qolgani sababli keyinchalik 3,4 million funt sterlingga «Uotford»ga o‘tdi.

Kristian Nyorgor («Brentford»)

«Brentford» birinchi davraning ochilish o‘yinida «Arsenal» ustidan g‘alaba qozongani va bu Premyer-liganing eng shov-shuvli startlaridan biri edi. Jamoaning ikkita golidan birini aynan Kristian Nyorgor kiritdi, ammo hujumdagi harakatlari futbolchining asosiy qobiliyati emas. Daniyalik futbolchi hujumlar, bosim va to‘pga egalik qilish bo‘yicha ham liganing eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Ha, bunga «Brentford» qolgan futbolchilarining yaxshi o‘yini ham katta yordam berdi, ammo Nyorgorning o‘yinini alohida qayd etmaslikning iloji yo‘q. Premer-ligada «gol+pas» tizimiga ko‘ra 2+2 ochko to‘plagan.

«Brentford» muxlislari Nyorgor shunchalik yaxshi ko‘rishadiki, hatto u haqida «Kristian Nyorgor - dunyodagi eng zo‘ri» degan mazmundagi qo‘shiq yozishgan.

Konor Gallaxer («Kristal Pelas»)

«Chelsi»ning yosh iqtidori joriy mavsum APLda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. «Kristal Pelas» murabbiyi Patrik Viyeyra jamoani qayta qurishni boshladi va Gallaxer yangi tizimda tezda porladi. U joriy mavsum «gol+pas» tizimi bo‘yicha 13 (8+5) ochko va  Tomas Tuxelning hurmatiga sazovor bo‘ldi (Tuxel «Konor «Chelsi» futbolchisi ekanligidan xursandman», deb aytdi va u aynan londonliklar klubiga tegishli hisoblanadi).

Aytgancha, Gallaxer joriy mavsumda Premyer-ligada istalgan «Chelsi» o‘yinchisidan ko‘proq gol urgan.

 

Manba: Championat.com
Kiritildi: 11:17, 06.03.2022.
O'qildi: 1559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.