"Yuventus"ning amerikalik yarim himoyachisi Ueston Makkenni bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri xabar berdi.
"Ueston jarohati tufayli mavsumni qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. U keyingi mavsumdan safga qaytadi", - dedi Allegri.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik 23 yoshli futbolchi YECHL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (1:1) jarohat olgandi.