«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Skott Maktominay «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida (1:4) jamoasi shunchaki taslim bo‘ldi, degan fikrga qo‘shilmaydi.
«Maydonda atrofingizda nima bo‘layotganini tushunish qiyin, lekin odamlar shunday deyishsa - mayli shunday bo‘lsin. Har bir inson o‘z fikrini bildirishga haqli. «Manchester Siti»dek jamoaga ikkinchi bo‘limda bo‘lgani kabi erkinlik bersangiz, buning uchun albatta jazolanasiz. Sababi juda oddiy" - dedi Maktominay Sky Sports bilan suhbatda.