Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Lempard: «Bu mag‘lubiyat bizga motivasiya berishi kerak»

Lempard: «Bu mag‘lubiyat bizga motivasiya berishi kerak»

Baho:
+ | -

«Everton» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Tottenxem»ga qarshi o‘yindan so‘ng intervyu berdi. «Irislar» kechagi bahsda o‘z darvozasidan javobsiz beshta gol o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga uchradi.

«Ushbu gollarning ba’zilari oddiy xatolardan so‘ng vujudga keldi. Endi boshqa o‘yinlar haqida o‘ylashimiz kerak, oldinda yana 13 ta uchrashuv bor. Raqiblar juda nomdor, lekin biz natijaga erishishga harakat qilamiz.

Bu mag‘lubiyat menga oldinga intilish uchun ko‘p motivasiya beradi. Ruhiy tomonlama qo‘llab-quvvatlash bizga juda muhim. Barcha ko‘rsatmalar aniq edi, lekin bunday xatolarga yo‘l qo‘yilganda hayronman.

Men 20 yildan beri futbol ichidaman. O‘zim ham shunga o‘xshash davrlarnii boshdan o‘tkazganman.

Ishonchim komilki, bu hech narsani anglatmaydi. Men loyihamizga ishonaman, shuning uchun ham shu yerdaman», dedi Frenk.

Kiritildi: 11:35, 08.03.2022.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик