Myunxenning «Bavariya» klubi yigirmanchi marta Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi.
Myunxenliklar 1/8 final bosqichi javob uchrashuvida Avstriyaning «Zalsburg» jamoasini (7:1, umumiy hisob – 8:2) mag‘lubiyatga uchratib, turnirning chorak finaliga chiqdi.
Turnir hozirgi formatda boshlanganidan beri (1992/93 yilgi mavsumdan beri) hech bir jamoa bunchalik tez-tez chorak finalga chiqmagan. Bu ko‘rsatkichga eng yaqini «Barselona». Kataloniyaliklar 18 marta 1/4 final bosqichida ishtirok etgan.