Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mitrovich uchun maxsus Liga!

Mitrovich uchun maxsus Liga!

Baho:
+ | -

«Fulxem» APL tomon tobora katta-katta qadam tashlamoqda. London jamoasi ayni payt Chempionship turnir jadvalida mutlaq peshqadam - 2-o‘rindagi «Bornmut» naq 9 ochkoli farq bilan orqada. Boz ustiga, «Fulxem» zaxirasida 2ta o‘yin ham bor. Ke­yingi o‘rinlarda borayotgan «KPR» va «Xaddersfild»­da ham o‘yinlar soni ko‘p, ochkolar miqdori esa 11ta kam.

Asosiysi, «Fulxem» joriy mavsum haddan ortiq ko‘p gol urmoqda - 81ta. Taqqoslash uchun aytsak, Chempionshipdagi ikkinchi mahsuldor ishtirokchi hisobida 49ta gol bor. London jamoasining gollar nisbatiga qarang: +52 (bu ko‘rsatkich «Bornmut»da +23, «KPR»da +11 va «Xaddersfild»da +8). «Fulxem»­ning shunday ajoyib statistikasini birinchi navbatda, serbiyalik hujumchi Aleksandr Mitrovichga bog‘lash kerak. U joriy mavsum 30ta o‘yinda 33ta gol urishdan tash­qari, yana 7tasiga assistentlik qildi. Mitrovich jumladan, «Piterboro»ga qarshi kechgan oxirgi o‘yin (2:1)da «dubl» qayd etdi. Xullas, u har bir o‘yinga o‘rtacha 1,1ta gol to‘g‘rilamoqda va o‘tgan asrning 20-yillari qayd etilgan to‘purarlik natijasi ortidan quvmoqda. Serb hujumchisi «Piterboro» bilan bahsda avvaliga penaltidan samara chiqarib, mavsumdagi gollari sonini 32taga yetkazdi (gollaridan 5tasi - penalti samarasi) - Chempionship rekordi. Bunga qadar eng yaxshi natija o‘tgan mavsum 31ta gol urgan «Brentford» vakili Ivan Toniga tegishli edi. Aleksandr uchrashuvning ikkinchi bo‘limida 33-golini ham nishonladi. Aytish joiz, serb yigiti oxirgi 4ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 5 marta ishg‘ol qildi. 1ta o‘yinda o‘rtacha hisobda 1,1tadan gol - Chempionship bunday mahsuldorlikni o‘z tarixida umuman ko‘rmagandi. Diqqat qiling, turnir finishiga qadar «Fulxem» hisobida hali yana 14ta o‘yin bor.

Chempionshipning joriy mavsumi to‘purarlar poygasida Mitrovichni ta’qib qilayotgan Ben Brereton allaqachon taqdirga tan bergandir. Har holda, u serbiyalikdan naq 13ta golga ortda qolmoqda. To‘g‘ri, Aleksandr oldida «cho‘q-qi» ham yo‘q emas - «Midlsbro» afsonasi Jorj Kemsell mavsum-1926|1927 doirasidagi 37ta o‘yinda 59ta gol urgan (Angliya chempionati Ikkinchi divizioni tarixidagi mutlaq rekord). O‘z o‘rnida ma’lumot: Chempionship 2004 yili yo‘lga qo‘yilgan.

Aytgancha, Mitrovich Serbiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purardir. 27 yoshli hujumchi «Fulxem» safiga 2018 yili qo‘shilgan. U mavsum-2019|2020 yakunida Chempionshipning bosh goleadoriga beriladigan «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritishga ham ulgurgandi. Hujumchi o‘sha mavsum 26ta gol marrasida to‘xtagan, londonliklar esa «pley-off» turniri orqali APL yo‘llanmasini yutishgandi. Ammo jamoa yuqori ligada omadsizlikka uchradi. Chunonchi, Mitrovich sentyabr - aprel oralig‘ida birorta gol ura olmadi. Umuman, Aleksandr o‘sha mavsum «Fulxem» libosida atigi 3 marta gol quvonchini tuydi. E’tiborli tomoni, u Serbiya milliy jamoasi o‘yinlarida raqiblar darvozasini 7 marta nishonga olgandi. Umuman, Mitrovich o‘z mamlakati bosh jamoasida hamisha samarali o‘ynagan - jami 44ta gol. Bu esa Serbiya termasi tarixidagi eng yaxshi natijadir (hattoki, sobiq Yugoslaviya davrini hisobga olganda ham).

Mana, serb hujumchisi asosan «Fulxem» o‘yini tufayli klub futbolida yuzaga kelgan qisqa depsinishdan so‘ng joriy mavsum yana samaradorlikni oshirdi. Katta ehtimolki, u kelasi mavsumni yana APLda boshlaydi. Demak, serb yigitida faqat Chempionship emas, elita uchun ham munosib futbolchi ekanligini isbotlash imkoniyati tug‘iladi hali.

2022 yil Aleksandr Mitrovich uchun o‘ta yorqin davom etishi mumkin. Zero, serblar bo‘lajak JCHga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Aytish joiz, JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Portugaliya termasiga qarshi hal qiluvchi dramatik o‘yinda aynan Aleksandr serblarni Qatar tomon boshlagandi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 10.03.2022.
O'qildi: 2117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.