"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 29-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o‘yin oldidan individual mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda mankunianliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Portugaliyalik futbolchi Manchester derbisini o‘tkazib yuborgach, o‘z jismoniy holatini tiklayotgandi.
Eslatib o‘tamiz“Manchester Yunayted” – “Tottenxem” uchrashuvi 12-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.