Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Voyenski "Paxtakor"ning "Neftchi" ustidan qozongan g‘alabasi haqida gapirdi

Voyenski "Paxtakor"ning "Neftchi" ustidan qozongan g‘alabasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" o‘yinidan so‘ng (1:0) mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyenski o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Kiyim almashtirish xonasida yigitlar bilan gaplashdim va ularga: "Bu o‘yindagi 3 ochkogina esda qoladi" dedim. "Neftchi" vakili Abror Ismoilovning qizil kartochkasidan afsusdaman.

Raqib bizga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ularni bu bilan tabriklayman. Bugun jamoam o‘zi xohlagan o‘yinni namoyish etolmadi. Shuning uchun, faqatgina 3 ochko bilan xursand bo‘lishimiz mumkin. Vaziyatlar ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo o‘yinimiz yaxshi emasdi.

Oliver Sharkichga jamoaga moslashib olishi uchun vaqt kerak deb o‘ylayman. U O‘zbekistonga dunyoning umuman boshqa burchagidan kelgan. Oddiy misol Aziz Turg‘unboyevning ham "Paxtakor" uslubiga moslashishi uchun 6 oy vaqt ketgan.

Imkoniyatlarini golga aylantirishda ancha no‘noqmiz. Bu borada ish olib boryapmiz. Tuzatishimiz kerak bo‘lgan asosiy kamchiligimiz so‘nggi pasni berish va diqqatni jamlash bo‘ladi.

O‘rinbosarlar jamoasi o‘yinlarini doim kuzatib boraman. Ular safida kattalar jamoasi bilan mashg‘ulot olib borayotgan bir qator futbolchilar bor.

Sherzod A’zamovni men emas, futbolchilar sardor qilib tayinlagan. Ular bir oila, doim birga yurishadi va kim bunga loyiqligini yaxshi bilishadi", - dedi "sherlar" bosh murabbiyi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:33, 10.03.2022.
O'qildi: 1834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик