«Yuventus»ning tajribali markaziy himoyachisi Jorjio Kyellini jamoasi 2021/2022 yilgi mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kirita oladimi, degan savolga javob berdi.
«Yuventus» ayni damda A Seriyada peshqadam «Milan»dan 7 ochko ortda qolib, 4-o‘rinda bormoqda.
«Skudetto? Biz realistik bo‘lishimiz kerak. Hozir chempionlik haqida gapiradigan vaqt emas. Uzoq davom etgan g‘alabali seriyani davom ettira olsak, bu haqda o‘ylab ko‘ramiz. "Yuventus"ning asosiy vazifasi - mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo‘l olish. Bu klubimiz uchun juda muhim", - deya Kellinining so‘zlaridan iqtibos keltirgan jurnalist Janluka Di Marsio.