Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Islombek Seytnazarov: «Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. «Turon» ajoyib jamoa ekan»

Islombek Seytnazarov: «Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. «Turon» ajoyib jamoa ekan»

Baho:
+ | -

Pro-liganing 2-turidan o‘rin olgan «Turon» — «Aral Samali» (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar klubi bosh direktori Islombek Seytnazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida.
— Bugun yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Xabaringlar bor, biz sun’iy maydonlarda o‘yin o‘tkazamiz. Bugun haqiqiy maysaga ega bo‘lgan jamoada futbolchilarimiz bir oz qiynalishdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga moslashib oldik va o‘yinimiz birmuncha kuchaydi. «Turon» jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz, navbatdagi o‘yinlarda jamoaga omad yor bo‘lsin.

— Tajribali futbolchi Navro‘zbek Alimovning zaxiraga olishining sababi nima?
— Biz chempionat boshlanishiga 10 kun qolganda yig‘inlarga kirishdik. Toshkent shahrida bir haftalik yig‘in o‘tkazdik. Navro‘zbek Alimovning hozirda jismoniy imkoniyati to‘liq 90 daqiqani o‘tkazishga imkon bermaydi. Shuningdek, unda tizzasidan olgan jarohati bor. Shu sababdan biz uni zaxiraga olishga majbur bo‘ldik. Albatta, keyingi o‘yinlarga yanada tiklanib boradi va unga ko‘proq daqiqa o‘ynashga imkoniyat beramiz.

— Nega jamoa bosh murabbiyi Timur Turdiyev bugungi uchrashuvda qatnasha olmadi?
— Bosh murabbiy Timur Turdiyev hozirda PRO lisenziyasi uchun o‘quv kurslarida ishtirok etmoqda. Shu sababdan bugungi o‘yinda qatnasha olmadi. Nasib bo‘lsa, bosh murabbiy keyingi o‘yinlarda jamoamizga yaqindan yordam beradi.

Shu o‘rinda «Turon» futbol klubi rahbariyatiga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarim bor edi. «Turon» juda ajoyib jamoa, Yaypanga kelib o‘z ko‘zimiz bilan tanishib yana bir bor bunga guvoh bo‘ldik. Shu kabi sharoitlarga ega jamoa shakllantirganliklari uchun klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Manba: fcturon.uz
Kiritildi: 21:15, 12.03.2022.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.