Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Saloh va «Liverpul» o‘rtasidagi shartnoma boshi berk ko‘chada. Mersisaydliklar o‘z prinsipidan voz kechmasa, Muhammad jamoadan ketadi

Saloh va «Liverpul» o‘rtasidagi shartnoma boshi berk ko‘chada. Mersisaydliklar o‘z prinsipidan voz kechmasa, Muhammad jamoadan ketadi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bu mavsumda ham 4 ta chempionlikka da’vo qilmoqda: Yurgen Klopp jamoasi Liga kubogini qo‘lga kiritdi, Premyer-ligada ikkinchi o‘rinda («Manchester Siti»dan 3 ochko ortda) va Chempionlar Ligasi va Angliya Kubogining 1/4 finaliga yo‘l oldi.

Shunga qaramay, «Liverpul» muxlislarining noroziligiga jiddiy sabab bor: klub haligacha Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirgani yo‘q. misrlikning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida tugaydi. Ko‘rinishidan, tomonlarning shartnoma uzaytirish bo‘yicha muzokaralari yaqinda to‘xtab qolgan.

Aslida sabab nima?

2022 yil boshida Saloh «Liverpul» taklif qilayotgan shartlar uni qoniqtirmasligini ochiq aytdi: «Men jamoada qolmoqchiman, ammo bu holat mening qo‘limda emas, klubning qo‘lida. Ular mening nima istayotganimni bilishadi. Men ulardan juda ham katta shartnoma so‘ramayapman va hozircha menga boshqa biror klubdan ham taklif yo‘q».

Klopp jamoasidagi eng yaxshi o‘yinchisiga shunday javob qaytardi: «Biz ko‘proq narsa taklif qila olmaymiz, vaziyat shunday. Ko‘p jihatdan, bu Muhammad va klubning muammosi. Ammo rahbariyat qo‘lidan kelganini qildi. Hammasi shu».

Misrlik futbolchining agenti Rami Abbos Kloppning so‘zlariga yettita kulib turgan emoji bilan munosabat bildirdi.

«Saloh va uning agenti «Liverpul» ularga taklif qilayotgan shartnomani qabul qilishni xohlashmadi. Muzokaralar dekabr oyida to‘xtatilgan va haligacha davom ettirilmayapti», — deb yozadi insayder Fabrisio Romano.

Darhaqiqat, yangi shartnoma imzolash jarayoni boshi berk ko‘chaga kirib qolgan: «Liverpul» Salohning istayotgan shartnoma shartlarini biladi, lekin uni qondira olmaydi va buni moliyaviy holati ham ko‘tarmaydi. Saloh esa klubda qolishni istaydi, lekin u oylik maoshini kamaytirishga tayyor emas. The Mirror nashrining yozishicha, misrlikning agenti klubdan futbolchining maoshini ikki barobar oshirishni talab qilmoqda: haftasiga 200 emas, 400 ming funt sterling.

Hozir «Liverpul»da hech kim haftasiga 400 ming funt tugul, 300 ming ham maosh olmaydi. Jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Virjil van Deyk — 220 ming funt, Tiago Alkantara - 200, Trent, Firmino va Fabinyo - 180, Sadio Mane esa haftasiga «atigi» 100 ming funt oladi.

«Enfild» rahbarlari o‘z prinsiplariga amal qilishadi: Salohga 400 mingga maosh berib, klubning moliyaviy tizimini buzishni istamaydi. O‘tgan mavsum «Bavariya» shunday muammoga duch keldi: nemis klubi Lyuka Ernandes bilan yangi shartnoma imzolashda katta xatoga yo‘l qo‘ydi (Kicker nashri ma’lumotlariga ko‘ra yiliga 24 million yevro). Ernandes qancha olishini bilib, «nemis mashinasi» bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan David Alaba klubdan yiliga 20-25 million maosh so‘radi. Avstriyalikning talablari «Bavariya» uchun noadekvat deb topildi va u «Real»ga erkin agent sifatida o‘tdi.

Xuddi shunday sababga ko‘ra, 2021/22 yilgi mavsumdan keyin «Bavariya» Niklas Zyule jamoani tekinga tark etadi. Germaniya terma jamoasi himoyachisi erkin agent sifatida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga o‘tadi. «Hozirda «Bavariya» Ernandesning shartnomasi tufayli tuzoqqa tushib qoldi», — deb yozadi Kicker nemis klubidagi manbasiga tayanib. «Chunki hozir jamoaning barcha eng yaxshi futbolchilar maoshlarini sezilarli darajada oshirishni talab qilmoqdalar».

«Liverpul» muxlislarining bir qismi maosh balansini buzishni istamaydigan rahbariyat siyosatini qo‘llab-quvvatlamoqda. The Liverpool Offside nashri o‘tkazgan so‘rovnomada ko‘pchilik klub muxlislari «qizillar»ning prinsiplarini qo‘llab-quvvatlashdi

«Neft kompaniyalarining puli bilan piar-mashinasi bo‘lmagan klublar qiyin qarorlar qabul qilishlari kerak. «Liverpul» ham bir necha bor qiyin tanlovlarni qabul qilgan va doimo ularning qarori o‘zini oqlagan. Ular Emre Janga jamoani erkin agent sifatida ketishga ruxsat berishdi, lekin ularning shartnoma siyosatini buzmadilar. Klub Koutinyoni sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan qo‘rqmadi va uni «Barselona»ga katta summaga sotdi, hamda bu summani oqilona sarmoya qilishdi.

Ular Veynaldumga ham oylik-maosh tizimini buzmaslik uchun tekinga ketishga ruxsat berishdi. Ehtimol, mersisaydliklar Saloh bilan ham shunday qilishadi. Saloh bilan tenglasha oladigan futbolchini boshqa ko‘rmasligimiz mumkin. Chunki «Liverpul» muxlislari Ianu Rash, Kenni Dalglish, Robbi Fauler, Stiven Jerrard, Luis Suares va boshqa shu kabi futbolchilarni ko‘rmadi. Futbolchilar keladi va ketadi, lekin «Liverpul» hamon o‘sha-o‘sha.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

Kiritildi: 16:05, 13.03.2022.
O'qildi: 2583 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.