Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

APL. "Manchester Siti" bugun tunda shaxsiy rekordini takrorlashi mumkin

APL. "Manchester Siti" bugun tunda shaxsiy rekordini takrorlashi mumkin

Baho:
+ | -

Bugun APL 29-turi doirasida "Kristal Pelas" hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Mazkur o‘yindan oldin qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

"Manchester Siti" joriy mavsumning ochilish uchrashuvida «Tottenxem»ga mag‘lubiyatga uchraganidan beri 13 safar o‘yinida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda (11 g‘alaba, 2 durang). Ularning oxirgi mag‘lubiyatsiz uzun seriyasi 2018 yilning fevral va dekabr oylarida qayd etilgan (14 uchrashuv).

"Kristal Pelas" 1987/88 yilgi mavsumdan beri ilk bor "Manchester Siti" klubini mavsumning ikki davra o‘yinida ham mag‘lub etishi mumkin. Londonliklar birinchi davrada «Etihad» stadionida o‘tgan bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Uilfrid Zaha joriy mavsum APLda 9 gol urishga erishgan. Shulardan beshtasi uning oxirgi 8 o‘yinida kiritilgan. Afrikalik futbolchi o‘tgan mavsum Angliya Premyer-Ligasida 11 gol kiritgandi. Agar, u bugun gol uradigan bo‘lsa, faoliyatida ilk bor ketma-ket ikki mavsum APLda +10 gol natijasini qayd etadi.

"Manchester Siti" «Pelas» maydonidagi so‘nggi 6 APL o‘yinida 5 g‘alabani qo‘lga kiritdi (1 durang). «Shaharliklar»ning "Selhurst Park"dagi oxirgi mag‘lubiyati 2015 yilning aprel oyida sodir bo‘lgandi.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Martin Atkinson

Qanot hakamlari: Li Bitts, Richard Vest

Zaxira hakami: Saymon Huper

VAR: Jarred Jillet

VAR yordamchisi: Harri Lennard

 

Jamoalar shu paytga qadar o‘zaro 23 APL o‘yinida maydonga tushishgan. 14 bahsda «Siti» g‘alaba qozongan, uchrashuvda "Kristal Pelas" ustunlikka erishgan. 5 bahsda esa durang natija qayd etilgan.

Oxirgi 5 o‘zaro uchashuv

"Manchester Siti" 0-2 "Kristal Pelas" (30.10.2021)

"Kristal Pelas" 0-2 "Manchester Siti" (01.05.2021)

"Manchester Siti" 4-0 "Kristal Pelas" (17.01.2021)

"Manchester Siti" 2-2 "Kristal Pelas" (18.01.2020)

"Kristal Pelas" 0-2 "Manchester Siti" (19.10.2019)

 

"Kristal Pelas" Angliya chempionatining oxirgi 5 o‘yinida 8 ochkoni qo‘lga kiritdi. "Manchester Siti" esa 12 ochko jamg‘ardi.

Ayni vaqtda "Manchester Siti" hisobida 69 ochko mavjud va musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Kristal Pelas" 33 ochko bilan 11-o‘rinni band etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:32, 14.03.2022.
O'qildi: 1855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик