Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Nuqtayi nazar: "Arsenal"ning kuchli to‘rtlikdagi finishi haqiqatga qanchalik yaqin?

Nuqtayi nazar: "Arsenal"ning kuchli to‘rtlikdagi finishi haqiqatga qanchalik yaqin?

Baho:
+ | -

Mikel Arteta jamoasi kecha "Lester Siti"ni mag‘lubiyatga uchratgan edi (2-0). Shunga qaramay, ispan mutaxassisi quvonishga juda erta deb hisoblaydi. "To‘pchilar" o‘zining eng yaqin ta’qibchilari bo‘lgan "MYU", "Vest Xem" hamda "Vulvz"ga qaraganda uchta kam o‘yin o‘tkazgan. Bu esa jamoaga ayni damda katta ustunlik taqdim etib turibdi. Qay bir klub YECHL uchun kurashda "Arsenal"ni dog‘da qoldirishi mumkin? Quyida ushbu savolga "Sky Sports" mutaxassislari javob berishgan.

Jeymi Rednapp: "Hozirgi "Arsenal"ning konsentrasiyasi yuqori darajada"

Rednappning fikriga ko‘ra, bu mavsumda "Arsenal"ning Yevrokuboklardan uzilib qolgani, jamoaga kuchli to‘rtlik uchun kurashda afzallik taqdim etgan.
To‘pchilar Arsen Venger davridan beri (2017) YECHLga chiqa olmayotgan edi. O‘tgan mavsum esa hatto Yevrokuboklardan quruq qoldi. Bunaqasi esa 1994-95 yilgi mavsumdan beri ilk bor yuz berdi. Ammo jamoaning kecha "Lester" ustidan qozongan g‘alabasi, joriy mavsumdagi to‘rtlikka kirish uchun katta imkoniyat hosil qildi. Ayni damda "Arsenal" beshinchi o‘rindagi "Manchester Yunayted"dan bir ochko ko‘p to‘plagan va uchta o‘yin kam o‘tkazgan. Oltinchi va yettinchi o‘rindagi jamoalar ham 29 ta turda ishtirok etishga ulgurgan bo‘lib, "Arsenal"dan uch hamda besh ochkoga ortda qolishmoqda.
Rednapp o‘z fikrini shunday ifodalaydi: "Ularda chalg‘iydigan musobaqaning o‘zi qolmagan. Ayni damda ular faqatgina APLda qatnashmoqda va bu jamoadagi futbolchilarning, nisbatan kamroq jarohat olishini ta’minlaydi. "Arsenal"ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat qilayotgan klublarning Yevropa sahnida ham o‘yinlari bor. Shu sababli qolganlarga qaraganda "Arsenal" unchalik ham qiyinchilik sezmayapti. E’tirof etish kerak, bugun Mikel Arteta mashg‘ulotlarda nima xohlagan bo‘lsa, maydonda o‘shani ko‘rmoqda. Siz "Arsenal" futbolchilarida qattiq mehnat va kuchli ishonchni guvohi bo‘lmoqdasiz. Ular yuzlarida tabassum bilan harakat qilyapti va bir-birlarining o‘yinidan zavq olmoqda".

Sobiq APL yulduzi va "Chelsi" hujumchisi Xasselbaynk ham Rednapp bilan suhbatda o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. U shunday deydi: "Ha, o‘ylashimcha "Arsenal" bu mavsumni kuchli to‘rtlikda tugatadi. Ular ajoyib tarzda harakat qilmoqda. Men Arteta jamoasini yuqori o‘rinlardan tushib ketishini, "MYU" esa ularga yetib olish alomatlarini ko‘rmayapman. Chunki jamoa o‘rtamiyona klublar bilan yaxshi o‘yin o‘tkazmoqda. Shu zaylda davom etilsa, shubhasiz, ular yangi mavsumni YECHLda boshlaydi".

"Sky Sports"ning yana bir mutaxassisi Mika Richards ham o‘zining qarashlarini studiyada bayon etdi: "Ularning qo‘lida uchta ortiqcha o‘yin bor va ushbu bahslarda g‘alaba qozonilishi kerak. O‘ylaymanki, "Arsenal" o‘zidagi bu ishonch bilan bemalol top klublarga muammo bo‘la oladi. Harxolda, Arteta jamoasining maydondagi harakatlari shunga ishora qilmoqda. Bugungidek o‘yin bilan esa, hech ikkilanmay to‘rtinchli o‘rinni, balki uchinchi pog‘onani ham band qilish mumkin".

"Arsenal"ning hozirgi YECHL uchun qulay pozisiyasi bosh murabbiy Artetani chalg‘itishi kerak emas. Bu haqida uning o‘zi shunday fikr qiladi: "Men taqvimdagi qolgan o‘yinlarimizga e’tibor qarataman. Biz qayerda ekanimizni juda yaxshi bilamiz. Ammo shu bilan bir paytda bir lahza ham e’tiborni susaytirmasligimiz kerak. Faqat keyingi bahsni o‘ylash va unga tayyorgarlik, jamoaning ustuvor vazifasi sanaladi. Qolgani haqida esa faqat taxmin qilish mumkin, xolos. Amalda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Men yaxshi tavakkalchi emasman. Umuman tavakkalchi bo‘lmaganman va hozir ham tavakkal qilmoqchi emasman!".

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" keyingi bahsini "Liverpul"ga qarshi, o‘z uyida o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 16 (17) mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: skysports.com
Kiritildi: 18:54, 14.03.2022.
O'qildi: 1712 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.