Misrning “Al-Ahli” yoshlar jamoasi darvozaboni Ziyod Exab balkondan yiqilib vafot etdi, deb xabar beradi Kingfut. Futbolchi 19 yoshda edi.
Klub yoshlar jamoasi direktorining so‘zlariga ko‘ra, Ziyod “Al-Ahli”ning yosh umidli va yorqin futbolchilaridan biri bo‘lgan.
Misr klubi marhumning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiradi.