Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Everton» USM yordamisiz nima qiladi?

«Everton» USM yordamisiz nima qiladi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

APLda ishlari yurishmayotgan «Everton» Rossiya - Ukraina mojarosi ta’sirida Alisher Usmonovga tegishli kompaniya bilan shartnomani bir tomonlama bekor qildi. Vaholanki, klub USMning moliyaviy ko‘magisiz juda-juda qiynaladi. Aytish joiz, «Everton»ning asosiy aksioneri Rossiya va o‘zbekistonlik biznesmenning ishonchli vakili hisoblanadi. Quyidagi maqolada aynan ayni shu holatga e’tibor qaratildi.

USM haqida ma’lumot

USM Alisher Usmonov tasarrufidagi asosiy xolding-dir. Biznesmenning eng yirik aktivlari shu xolding ichida - «Megafon» uyali aloqa operatoridan tortib, «Metalloinvest» (dunyo temir rudasi va mis mahsulotlari bozorining eng yirik guruhi)gacha. USM 2012 yili Alisher Usmonov va uning hamkorlariga tegishli turli loyihalarini birlashtirish maqsadida tuzilgan. Xususan, Twitter va Uber, Facebook va Xiaomi shu xolding ichida. USM 2017 yili «Everton» bilan homiylik shartnomasini rasmiylashtirgandi. Unga muvofiq, Angliya klubi har yili 12 million funt sterling olardi.

Keyinchalik USM va «Everton» o‘rtasidagi hamkorlik yanada kengaydi. Deylik, «Gudison Park» stadionida «Megafon» reklamasi paydo bo‘ldi.

2020 yilning yanvar oyida esa USM klubning yangi stadioni nomi huquqi uchun 30 million funt to‘lashga rozi bo‘ldi. Muhimi, Usmonov nomni emas, balki uning savdosida qatnashish imkoniyatini sotib oldi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Megafon» va Yota «Everton» ayollar jamoasining rasmiy homiylariga aylandi, garchi kelishuv summasi oshkor etilmagan bo‘lsada, klub rahbariyati buni Angliya ayollar futboli tarixidagi eng manfaatli bitimlardan biri sifatida baholadi. «Everton»ning o‘sha mavsumga daxldor moliyaviy hisobotida yillik daromad 63,7 million funtni tashkil qilgani alohida qayd qilindi. Aytishlaricha, bu ko‘rsatkich aynan USM kiritgan sarmoya tufayli yuzaga kelgan.

Usmonovning ta’siri shunchalik kattami?

Aslida Usmonov hech qachon rasmiy ravishda klub aksionerlari ro‘yxatiga kiritilmagan. Lekin uning «Everton» xo‘jayini Farhod Moshiri bilan aloqalari klub loyihasiga jiddiy ta’sir qilgani ko‘pchilikka ma’lum. Ta’kidlanishicha, biznesmen jamoaga nafaqat sarmoya kiritgan, balki muhim qarorlar ham qabul qilgan. Xususan, The Athletic nashrida yozilishicha, murabbiy Rafael Benites bilan muzokara jarayoni aynan Usmonov yaxtasida olib borilgan. Oxirgi misol: Mirror gazetasida Frenk Lempard bilan muzokara ham Usmonovsiz kechmagani haqida xabar berildi. Unda bayon etilishicha, Frenk bilan asosan Usmonov gaplashgan, Moshiri esa sukut saqlab turgan.

Usmonov va Moshiri o‘rtasidagi munosabatlarga kelsak, ular 1989 yili Eronning Middlesex Holdings kompaniyasi sohibi orqali tanishishgan. Yakunda Moshiri ishonchga kirib, biznesmenning shaxsiy maslahatchiga aylandi. U ayni payt USM Holdings direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. Moshiri 2016 yili «Arsenal»dagi o‘z ulushini Usmonovga berdi. Eronlik biznesmen shu tariqa «Everton»ning 49,9 foiz aksiyasini sotib oldi - BBC xabariga ko‘ra, bu Usmonovning shaxsiy sovg‘asi. Ehtimolki, Farhod o‘sha vaqtda ham barcha qarorlarni Usmonov roziligi bilan qabul qilgandir.

«Everton»ni oldinda nima kutmoqda?

Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, klub xavf ostida. The Athletic ma’lumotiga qaraganda, oxirgi 3 yilda «Everton»ning qarzi 265 million funt sterlingga yetgan. Vaholanki, APL talabi bo‘yicha qarz miqdori 105 million funtdan oshmasligi kerak. To‘g‘ri, liverpulliklar APLdan yordam so‘rashlari mumkin, ammo yangi sarmoyador qidirishlariga to‘g‘ri keladi, baribir. Shart bitta - imkon qadar tezroq topish. Yana bir tomoni, stadion nomi huquqi rasman sotilmagan, shuning uchun Usmonov 30 «limon»ni qaytarib ololmaydi. Umuman, klub rahbariyati yo‘qotishlarga tayyorligini ta’kidlamoqda, ammo USMdan voz kechilgani moliyaviy holatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayt­gancha, Usmonovning ishonchli vakili Moshiriga nisbatan hozircha hech qanday sanksiya qo‘llanilmagan. «Everton» aksionerlari raisi Jon Bleyn­ning ma’lum qilishicha, bu masala yaqin vaqt ichida ko‘rib chiqiladi.

Ko‘rinishidan, «Everton»da moliyaviy muammolar boshlandi. Britaniya matbuotida berilgan xabarlarga ko‘ra, klub rahbariya­ti ikki yetakchi futbolchi - Risharlison va Dominik Kalvert-Lyuin transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Katta ehtimolki, har ikkisi yozda jamoa bilan xayrlashadi.

Sodiq Sobir tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:40, 15.03.2022.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.