Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Fakt. «Siti» birinchi davrada ochko yo‘qotgan klublarini mag‘lub eta olmayapti

Fakt. «Siti» birinchi davrada ochko yo‘qotgan klublarini mag‘lub eta olmayapti

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» kecha tunda «Kristal Pelas»ga qarshi safar uchrashuvida (0:0) kutilmaganda ochko yo‘qotdi va APL chempionligi uchun kurashga super intriga qo‘shib berdi. Bu mavsumda hali bundayin keskinlik kuzatilmagan edi.

Jadval quyidagicha: «Siti» 29 o‘yinda 70 ochko, «Liverpul» 28 o‘yinda 66 ochko to‘plagan. O‘yinlar tenglashtirilsa, «Siti» «Liverpul»dan atigi bir ochkoga oldinda xolos.

Yurgen Klopp jamoasini chorshanba kuni og‘ir sinovlardan biri - «Arsenal»ga qarshi safar kutib turibdi. Londonliklar ketma-ket besh o‘yindan beri g‘alaba qozonib kelayotganini hisobga olsak, «Liverpul»ga oson bo‘lmasligi aniq. Londonliklarning oxirgi mag‘lubiyati aynan «Liverpul»dan qabul qilib olingan edi. O‘shanda «kanonirlar» Liga kubogi yarim finalidan chiqarib yuborilgan. Mikel Arteta yigitlarida motivasiya ancha kuchli. Ularning bu turnirda o‘z vazifalari bor - kuchli to‘rtlikdan joy olish va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish.

«Siti» so‘nggi o‘yinlarda o‘ziga o‘xshamayapti. Ikkala davra bahslarida ham «Sautgempton», «Tottenxem» va «Pelas»ni mag‘lub eta olmadi. Bu «Siti»dek jamoa uchun albatta, ayanchli faktdir. Yanvar oyi boshida jamoaning hech qanday muammolarsiz chempionlikka erishishi kutilgan edi. O‘shanda Gvardiola shogirdlarida 50, «Chelsi»da 42, «Liverpul»da esa 41 ochko mavjud edi. Endi esa, ko‘rib turganingizdek, ushbu ochkolar qisqarib, 1gacha tushib qolmoqda. Darhaqiqat, bu borada «shaharliklar» noqulay raqiblar bilan bahslarda ochko yo‘qotgan.

• 22 yanvar - 1:1 - «Sautgempton».

Gvardiola ushbu bahsni mavsumning eng yaxshi o‘yinlaridan biri deb ta’rifladi. Jamoa hatto birinchi bo‘limni mag‘lubiyat bilan yakunlangan edi. Ikkinchi taymda Pep shogirdlari qo‘llaridan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga soldi, biroq bular foyda bermadi. Uchrashuv birinchi davrada bo‘lgani kabi durang bilan yakunlandi.

• 19 fevral - 2-3 - «Tottenxem».

Bu mavsumda «Siti» uchun Konte jamoasi Premyer-ligada ikkita o‘yinda ham g‘alaba qozongan yagona jamoa hisoblanadi. Ayniqsa, ikkinchi davradagi uchrashuvning ikkinchi bo‘limi dramatik tarzda kechgan: Mahrez 90+2da penaltidan hisobni tenglashtirgan, ammo Keyn 90+5da gol urib, «Siti»ni o‘sha bir ochkodan ham mahrum qilgan edi.

• 14 mart - 0:0 - «Kristal Pelas»

Kechagi bahsda «shaharliklar» to‘p nazoratida 74%-26% ko‘rsatkichni qayd etdi - albatta mezbonlar uchun odatiy holdek. Lekin odatiy uch ochko qo‘lga kiritilgani yo‘q. Darhaqiqat, «Pelas» «shaharliklar» uchun qulay raqib emas: birinchi davrada londonliklar raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etishgan. Qayd etish kerakki, kecha Gvardiola butun o‘yin davomida birorta ham almashtirishni amalga oshirmadi va o‘yindan so‘ng bu qarorini tushuntirdi: «Maydondagi yigitlarning barchasi yaxshi ko‘rindi, o‘yin yuqori ritmga ega edi, shuning uchun o‘zgartirishga jur’at eta olmadim. Tempni buzib qo‘ygim kelmadi». Pep Premyer-ligada beshta almashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchi murabbiylardan biri ekanligini hisobga olsak, uning ushbu intervyusi biroz istehzoli tuyulgani rost.

Pep Premyer-ligadagi 12 o‘yinning beshtasida g‘alaba qozona olmadi. Asosan «Yunayted» (6), «Tottenxem» (7) va «Liverpul» (7) Gvardioladan ochko olib ketishgan jamoalar sifatida eslanadi.

«Liverpul» - qotil klub.

Hamma Afrika kubogidan so‘ng «qizillar»dan oz bo‘lsada tanazzulni kutayotgan edi, ammo jamoa yirik turnirdan keyin faqat g‘alaba qozonmoqda.
Afrika kubogidagi toliqish «Liverpul»ni birinchi o‘rin uchun kurashdan chiqarib yuborishi mumkindek tuyuldi. Saloh, Mane va Keyta asosiy bahslarda maydonga tushmadi. Ammo Klopp jamoasi barcha turnirlar doirasida 14 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi.

• Liga kubogidagi g‘alaba, Chempionlar ligasi chorak final yo‘llanmasi, Angliya kubogi chorak finali... Bularning har birini hisobga olsak, «Liverpul» to‘rttala frontda ham munosib kurash olib bordi.

Bu orada faqat bitta mag‘lubiyat qayd etildi xolos - «Inter»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida. U ham deyarli hal bo‘lgan uchrashuvda.

Kiritildi: 10:45, 15.03.2022.
O'qildi: 1879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.