Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Toshkentda boks bo‘yicha Bahodir Jalolov va gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina mahorat maktablari tashkil etiladi

Toshkentda boks bo‘yicha Bahodir Jalolov va gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina mahorat maktablari tashkil etiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 5 noyabrdagi «Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi qarori hamda Olimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina va boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorat maktabtlarini tashkil etish bo‘yicha prezident qarori e’lon qilindi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, har ikki maktab 2022/2023 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi. Gimnastika maktabida 1—11-sinf o‘quvchilaridan iborat 165 nafar, boks maktabida esa 5—11-sinf vakillaridan 175 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Mahorat maktabi o‘quvchilarini umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladi.

Maktablarni tashkil etish uchun davlat byudjetidan 50 milliard so‘m (har ikkisi uchun 25 milliard so‘mdan) ajratiladi.

Gimnastika maktabi Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan 175-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tutash hududda barpo etiladi. Boks maktabi esa Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 9-mavzeda joylashgan 259-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida tashkil etiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:03, 15.03.2022.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.