Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

YECHL. Ronaldu yoki Simeone?

YECHL. Ronaldu yoki Simeone?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Chempionlar Ligasi nimchorak final doirasidagi markaziy o‘yinlardan biri o‘tkaziladi. Mazkur bahsda qanday natija qayd etilishi oldindan aytish qiyin. Shunga qaramay, bir necha omillarni hisobga olgan holda tahlil qilishga harakat qilaman.

Ushbu uchrashuvda qaysi futbolchilar asosiy sahnaga chiqishi mumkin?

"Manchester Yunayted" safida Krishtianu Ronalduning o‘rni katta. Ayniqsa, markaziy uchrashuvlarda portugaliyalik yulduz o‘z tajribasi va hali ham futbol o‘ynayotgani, faoliyatini davom ettirayotganini namoyish etadi.

Ronaldu nima uchun «Atletiko»ga qarshi bahsda masalani hal qilishi mumkin? Undagi bor xarakter va iroda ko‘p hollarda bunga zamin yaratadi. 37 yoshli hujumchi shu kunga qadar Chempionlar Ligasi rasmiy bahslarida 11 marta «Atletiko»ga qarshi to‘qnash kelgan va 7ta gol urishga erishgan.

Ronalduning «Atletiko»ga qarshi barcha o‘yinlardagi statistikasi: 35 o‘yin va 25 gol. To‘rt marta xet-trikka erishgan. Eng oxirgisi «Yuventus» safida faoliyat olib borgan davrga to‘g‘ri keladi. Birinchi bahsda 0:2 hisobida Diyego Simeone jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan turinliklar, javob bahsida Krishtianuning xet-trigi evaziga 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan va «Atletiko»ni musobaqadan chiqarib yuborishgandi.

2016/17 yilgi mavsum YECHL yarim final bahsida «Atletiko» «Real» maydonidan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan va uchrashuvdagi barcha gollarni Krishtianu Ronaldu kiritgandi.

To‘g‘ri, Ronaldu faoliyatining cho‘qqisidan tushib bo‘lgan va 5 yil oldingi sermahsulligini ko‘rsata olmayapti. Lekin, uning «Tottenxem»ga qarshi bahsdagi kuchini hamma ko‘rdi.

Joriy mavsum, Ronaldu Chempionlar Ligasi guruh bosqichining har bir o‘yinida gol urganini ham esdan chiqarmaslik kerak.

Joao Feliks va Antuan Grizmann

Mana shu juftlik bugun «MYU» uchun katta bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ikki yil oldin Markus Lyorente «Liverpul»ga qarshi bahsda nimalar qilganini va mersisaydliklarni o‘z uyida qanday holatga tushirganini ham yodda tutish lozim. Bugun u «Enfild»da qilgan ishini "Old Trafford"da takrorlay olmaydi, deb hech kim 100 foiz ishonch bilan ayta olmaydi.

10 yildan ortiq vaqt davomida «Atletiko»ni boshqarib kelayotgan Diyego Simeone hamkasbi Ralf Rangnikdan ancha tajribali va katta o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oladigan mutaxassis hisoblanadi. Uning davrida jamoa ikki bor ushbu musobaqa finaliga qadar yetib borgan.

Ronaldu yetakchiligidagi «MYU» va argentinalik murabbiy boshqaruvida jamoaviy shakllangan «Atletiko» klublari o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rish qiziqarli voqealarga boy bo‘lishiga ishonaman.

Nodirjon Abdurasulov, Stadion.uz sayti jurnalisti

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:51, 15.03.2022.
O'qildi: 2698 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.