Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«MYU» YECHL pley-offlarida 14 yildan beri ispan klublari to‘sig‘idan o‘ta olmaydi!

«MYU» YECHL pley-offlarida 14 yildan beri ispan klublari to‘sig‘idan o‘ta olmaydi!

Baho:
+ | -

«Atletiko» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi qarama-qarshilikning «Vanda Metropolitano»da o‘tgan birinchi qismi yodingizdami? Unda inglizlar arang durang natijaga erishgan edilar. Chempionlar ligasi pley-off bosqichida mehmondagi durang har doim ham yaxshi natija hisoblanadi, garchi mehmondagi gol qoidasi ahamiyat kasb etmasada. O‘shanda «Atletiko» kuchli start olgan. 7-daqiqada Joau Feliks hisobni ochib, muxlislar ko‘nglini biroz xotirjam qilgan edi. Mezbonlar tanaffusga 2:0 hisobida yo‘l olishlari ham mumkin edi, ammo bir vaziyatda Vrsalko yaqin masofadan turib darvoza to‘rini ishg‘ol eta olmagan.

Ikkinchi bo‘limda Ralf Rangnik shogirdlari biroz o‘zgardi, 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Antoni Elanga «mankunianliklar»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi golga mualliflik qildi. Yan Oblak darvozasiga butun bahs davomida bor yo‘g‘i 7 ta zarba yo‘llagan «MYU» uchun bu qoniqarli natija hisoblanar edi. Kutilgan gollar miqdoriga ko‘ra, «Atletiko»da 1,66 xG, «Manchester Yunayted»da esa 0,41 xG qayd etildi. Biroq futbol aniqlikni sevmagani uchun ham uni sevuvchi muxlislari ko‘p.

«MYU» va «Atletiko» 2021/22 yilgi mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmayapti. «Atletiko» o‘tgan yili La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan edi, ammo Simeonening g‘oyalari va falsafasida bu yil inqiroz kuzatilmoqda. Diyego Madriddagi 10 yillik faoliyatidan keyin yangi klubga ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ispaniya chempionatida «Atletiko» chempionlikni himoya qilish imkoniyatini deyarli qo‘ldan boy berdi. Jamoa 28 turdan so‘ng peshqadam «Real»dan 15 ochkoga ortda qolmoqda. «Matraschilar» kubok bahslaridan ham chiqib ketishgan. Muxlislarning yagona umidi ham aynan Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyat bo‘lib turibdi.

Xuddi shunga o‘xshash vaziyat «MYU»da ham mavjud. Mavsum davomida Sulsherdan ajralish va yangi murabbiy Rangnik u qadar naf keltirmayotgan bir paytda natijalar ham havas qilarli darajada emas. «Manchester Yunayted»ni «Vest Xem» Liga kubogidan chiqarib yubordi. Buning ustiga jamoa Angliya kubogida «Midlsbro»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Endi esa Premyer-ligada kuchli to‘rtlikka kirish oson bo‘lmaydi. «Manchester Yunayted» beshinchi o‘rinda va «Arsenal»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda, ammo «kanonirlar»da ortiqcha uch o‘yin mavjud.

Faktlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» hech qachon rasmiy o‘yinlarda «Atletiko»ni mag‘lub eta olmagan: jamoalar ikki marta 1:1 hisobida durang o‘ynashgan va yana bir o‘yinda madridliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

- 1991/92 yilgi mavsumda «Atletiko» «MYU»ni UYEFA kubok egalari kubogi turniri 1/8 finalidan chiqarib yuborgan (3:0; 1:1).

- «Manchester Yunayted» so‘nggi bor 2007/08 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ispan klubini mag‘lub etgan, o‘shanda Ser Aleks Fergyuson shogirdlari yarim finalda «Barselona» to‘sig‘idan o‘tishgan (1:0; 0:0). Shundan so‘ng, La Liga jamoalari bilan uchrashuvlar doim bir xil suratda tugayvergan. «Mankunianlar»ni «Real», «Sevilya» va yana o‘sha «Barselona» turli yillar davomida ayovsiz jazolagan.

- «Atletiko» ketma-ket uchinchi marta Chempionlar ligasining 1/8 finalida ingliz klubi bilan to‘qnash kelmoqda. 2019/20 yilgi mavsumda «matraschilar» turnirning amaldagi g‘olibi bo‘lgan «Liverpul»ni (1:0; 3:2) musobaqadan chiqarib yuborgan. O‘tgan mavsum esa esingizda bor, har ikki bahsda ham «Chelsi»ga imkoniyat boy berildi (0:1; 0:2).

- 2018/19 yilgi mavsumda «Atletiko» 1/8 finalda «Yuventus»ga to‘qnash keldi va birinchi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Javob o‘yinida Italiya klubi 3:0 hisobida revansh olib, chorak finalga yo‘l olgan. O‘shanda Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etib, qahramonga aylangan. Umuman olganda, portugaliyalik futbolchi «Atletiko»ga qarshi 36 o‘yinda 25 ta gol urgan, shu jumladan «Real» va «Yuventus» uchun Chempionlar ligasida madridliklar darvozasini 7 marta ishg‘ol qilgan. KriRodan faqat «Sevilya» ko‘proq gol o‘tkazib yuborgan (27).

- «Atletiko»ga qarshi javob uchrashuvi arafasida Ronaldu «MYU»ga qaytganidan keyin «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda (3:2) ilk xet-trigini nishonladi.

Ralf Rangnik Bruno Fernandesh va Skott Maktomineyni «Tottenxem» bilan uchrashuvni o‘tkazib yuborganidan keyin «Atletiko Madrid»ga qarshi o‘ynashi mumkinligini tasdiqladi. Lyuk Shouning holati so‘nggi daqiqada ma’lum bo‘ladi, Aleks Telles himoyaning chapida o‘ynay oladi.

«Manchester Yunayted»ning taxminiy tarkibi (4-3-3): De Xea - Dalot, Varan, Maguayr, Telles (Shou) - Maktominey, Pogba, Fernandesh - Sancho, Reshford, Ronaldu.

- Diyego Simeone jamoasida kamida olti nafar jarohat olgan futbolchi bor. Kunya, Kondogbiya, Vrsalko, Vass, Lemar va Ermoso. Yannik Ferreyra-Karrasko diskvalifikasiya tufayli «Manchester Yunayted»ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, yaxshi xabar bor ham bor - Anxel Korrea safga qaytgan, shuning uchun Diyego Simeoneda hujumda tanlovlar ko‘p: Feliks, Grizmann, Suares va Korrea.

«Atletiko Madrid» ning taxminiy tarkibi: Oblak — Savich, Ximenes, Reynildo — Lyorente, Errera, Koke, De Paul, Lodi — Korrea (Felish), Grizmann.

Kiritildi: 21:36, 15.03.2022.
O'qildi: 2551 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.