Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida "Atletiko" bilan omadsiz o‘yin o‘tkazdi.
Bugun bo‘lib o‘tgan 1/8 finalning "Atletiko"ga qarshi javob uchrashuvida (0:1) "Manchester Yunayted" hujumchisi raqib darvozasiga birorta ham zarba yo‘llamadi.
Bunday voqea Ronaldu bilan YECHLda 3-marta sodir bo‘ldi.
Avvalroq, bu 2003 yilning noyabrida "Manchester Yunayted"ning "Panatinaikos" bilan o‘yinida va 2011 yilning may oyida "Kamp Nou"da "Real"ning "Barselona"ga qarshi o‘yinida Krishtianu darvozaga zarba yo‘llamagan edi.