Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Sardor Rashidov "Andijon" haqida fikr bildirdi

Sardor Rashidov "Andijon" haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

“Andijon” matbuot xizmati tomonidan tashkil qilingan “Yulduzlar biz haqimizda” rukni davom etadi.

Quvonarlisi, mazkur tashabbusga qo‘l urganimiz aksariyat muxlislar tarafidan ijobiy qarshi olinmoqda va ular uchun sevimli jamoamiz haqida ko‘zga ko‘ringan futbol shaxslarining bildirayotgan munosabatlari juda qiziq tuyulyapti.

Demak, bugungi mehmonimiz bilan tanishing: “Paxtakor” klubi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi – Sardor Rashidov!

Barcha yaxshi biladiki, bu futbolchi yurtimizda shuningdek, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari sharafini ham himoya qilgan. O‘zi esa Jizzax futboli tarbiyalanuvchisi. Legioner sifatida Qatarning “Al-Jayish”, “Qatar SK” klublarida samarali faoliyat olib borgan. Bundan tashqari, u BAAning “Al-Jazira”, Portugaliyaning “Nasyonal” va Quvaytning “Al-Quvayt” jamoalarida ham to‘p surgan.

Rashidov “Andijon” matbuot xizmatiga klubimiz haqida quyidagilarni aytdi:

- “Andijon” klubi haqida birgina men emas, barcha o‘zbekistonlik ishqibozlar ham yaxshi bilishadi. Bu klub juda muxlislarbop jamoa. Qolaversa, Andijon shahrini ham futbol shahri deb bilaman. Klub stadioni ham yaxshilanib, chiroyli ko‘rinishga kelib qolibdi.

Pro ligada “Andijon” klubiga omad tilaymiz. Keyingi yili Superligaga chiqishiga tilakdoshmiz. Shu bois jamoaning barcha a’zolariga hamda uning ashaddiy muxlislariga muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilab qolaman.

Rosti, “Andijon”ni Superligada ko‘rishdan juda xursand bo‘lardik. Chunki bu klub yaxshi tashkillangan, chiroyli o‘yin namoyish etadigan tomoshabop jamoa hisoblanadi. Yana shuni ham bilamanki, Andijondan yetishib chiqayotgan iste’dodli futbolchilar bor. Keyingi yili “Andijon”ni Superligada kutib qolamiz!, - deya fikr bildirdi Sardor Rashidov.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 14:39, 16.03.2022.
O'qildi: 1673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.