Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Borussiya” “Bavariya” bilan oradagi farqni qisqartirdi

“Borussiya” “Bavariya” bilan oradagi farqni qisqartirdi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi Bundesliga turnir jadvalida "Bavariya" bilan oradagi farqni 4 ochkogacha qisqartirdi.

Germaniya chempionatining 25-turida Marko Rouz shogirdlari “Mayns”ni mag‘lub etishdi (1:0), myunxenliklar esa “Xoffenxaym” bilan durang o‘ynadi (1:1).

Shu tariqa, o‘tkazilgan 26 o‘yindan so‘ng Yulian Nagelsmann jamoasi 60 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. "Borussiya Dortmund" 56 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

"Bavariya" navbatdagi o‘yinini 19 mart kuni "Union"ga qarshi o‘tkazadi. Dortmundning “Borussiya” klubi esa 20 mart kuni “Kyoln”ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 00:37, 17.03.2022.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик