Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 1-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Klopp: "Arsenal"ni safarda mag‘lub etish - ajoyib"

Klopp: "Arsenal"ni safarda mag‘lub etish - ajoyib"

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alaba va «Manchester Siti» bilan chempionlik uchun kurash haqida gapirdi.

APLning 27-tur qoldirilgan o‘yin doirasida «Liverpul» «Arsenal»ni mag‘lub etdi (2:0) va «Manchester Siti» bilan farqni 1 ochkoga qisqartirdi.

O‘yin haqida:

“Haqiqatan ham muhim uch ochko. Bu yerga kelib, «Arsenal»ni mag‘lub etish - ajoyib, ammo bu yo‘lda g‘alaba qozonish - bundan ham o‘ziga xos daqiqa.

Biz o‘yinni ajoyib boshladik, keyin o‘yin ochiqroq bo‘ldi, har ikki jamoa ham sabr qildi, to‘pga unchalik yaxshi egalik qilmadik. Raqib yaxshi segmentlarga ega edi va bu biz uchun qiyin bo‘ldi.

Tanaffusdan keyin o‘yinimizni yaxshilashni maqsad qilgandik. Biz yuqoriroq himoyalanishni boshladik, tashabbusni qo‘lga oldik va o‘yin o‘zgardi.

Tiagoning xatosi? Bunday xatolar sodir bo‘ladi, lekin sodir bo‘lmasa yaxshi bo‘lardi. O‘ylaymanki, u Alisson uni saqlab qolganidan keyin yengil tortdi. O‘sha vaziyatda raqib bizni jazolashi va hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Ammo keyin Jota gol urdi va biz oldinga chiqib oldik. Bu o‘yinning juda muhim nuqtasi bo‘ldi.

Chempionlik poygasi haqida:

«Jamoa uchun juda xursandman, bizdagi vaziyatdan mamnunman, ammo bu hammasini keskin o‘zgartirmaydi. Biz oldinga siljishimiz kerak. Birinchi bo‘limda jamoa astoydil mehnat qilayotganini, ikkinchi bo‘limda esa o‘yindan zavqlanayotganini ko‘rdim.

Biz bu vaziyatdan rohatlanishni va g‘alaba qozonishni juda xohlaymiz. Bu oson emas. To‘g‘ri mentalitetni saqlash kerak”, - dedi «Liverpul» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 04:44, 17.03.2022.
O'qildi: 2077 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик