Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" xorvatiyalik yulduz bilan shartnomani uzaytirmoqchi

"Inter" xorvatiyalik yulduz bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Baho:
+ | -

"Inter" Ivan Perishich bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Nikola Shkira o‘zining Tvitter sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchiga yiliga 5 million yevro maosh bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif etiladi. 33 yoshli vinger do‘sti Marselo Brozovich o‘ynayotgan "Inter"da qolishni istaydi. Ivanning "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi.

Joriy mavsumda Peresich "Inter" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:48, 17.03.2022.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик