Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Jaloliddin Masharipov: «Burnimda og‘riq borligiga qaramay maydonga tushib, jamoaga g‘alaba keltirganimdan xursandman» (video)

Jaloliddin Masharipov: «Burnimda og‘riq borligiga qaramay maydonga tushib, jamoaga g‘alaba keltirganimdan xursandman» (video)

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni Premyer-ligasining 5-turida «An-Nassr» klubi o‘z maydonida “Al-Fayha”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Quvonarlisi, yagona gol 74-daqiqada milliy terma jamoamiz a’zosi Jaloliddin Masharipov hisobiga yozildi. O‘zbekistonlik futbolchi o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz uchrashuvni yaxshi boshladik, ammo raqib maydonda bir kishi kam bo‘lib qolgach, to‘liq himoyaviy o‘yin namoyish eta boshladi. Biz esa tezroq gol urish maqsadida ko‘p xatoga yo‘l qo‘ya boshladik. Bu borada bizga biroz sabr yetishmadi.

Murabbiy menga bugun himoyaga yordam berishdan tashqari hujumga o‘tishim kerakligi haqida ham ko‘rsatma bergandi. Raqib qizil kartochka olgani tufayli, safimizda ikki nafar chap qanot yarim himoyachisi o‘ynagani uchun men ko‘proq hujumga qo‘shilishim kerak edi. Bundan tashqari, himoyaga yordam berishni ham unutib qo‘yganim yo‘q.

Ha, avvalgi bahsda burnimda jarohat olgandim. O‘yindan oldin barcha mendan bu haqda so‘radi. Men esa hammasi joyida ekanini aytdim. O‘z uyimizda o‘ynaganimizda muxlislar bizdan g‘alaba kutishadi. Burnimda biroz og‘riq borligiga qaramay, bugun jamoaga yordam bera olganimdan xursandman. Eng muhimi biz g‘alaba qozondik", — dedi Masharipov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:55, 18.03.2022.
O'qildi: 2505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик