Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Gvardiola: "O‘ylamanki, "Atletiko" bizga qarshi o‘ynashdan xavotirda"

Gvardiola: "O‘ylamanki, "Atletiko" bizga qarshi o‘ynashdan xavotirda"

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Atletiko»ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jamoalar Chempionlar ligasining chorak finalida o‘zaro bahs olib boradi.

- Ular «Liverpul», «Portu» va «Milan»dan iborat juda qiyin guruhdan chiqishdi. Ular 180 daqiqa davomida «Manchester Yunayted»dan yaxshiroq o‘ynashdi, Madriddagi o‘yinda ular mutlaqo aql bovar qilmas edi, ayniqsa birinchi bo‘limda.

Ularning asosiy xususiyati shundaki, ular sizning qanday o‘ynashingizga e’tibor bermasliklari mumkin. Ular har doim o‘z vazifalarini bajaradilar. Siz ularni o‘z o‘yiningizni o‘ynatishga majburlashga harakat qilasiz, lekin bu juda qiyin.

Jamoadagi barcha o‘yinchilar ularni kim boshqarishini juda yaxshi bilishadi. Simeone ishdan bo‘shatilmaydi, chunki biror narsa kerakli darajada ishlamasa ham, bu jamoani boshqa hech kim boshqara olmaydi.

- Simeonening o‘yin uslubi siznikiga teskari bo‘lishi mumkinmi?

- U uchun nima muhimligini bilmayman, chunki men uning mashg‘ulotlarida bo‘lmaganman. Agar u o‘tkazib yubormaslikni yaxshi ko‘rsa, men undan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘raman. Agar u g‘alaba qozonishni istasa, men bundan ham ko‘proq narsani xohlayman. Men ham unga qaraganda ko‘proq qarshi hujum qilishni yaxshi ko‘raman.

Menga uning qiladigan ishlari juda yoqadi. Uning jamoasi kam gol o‘tkazib yuboradi va o‘z darvozalari oldida kamroq xavfli vaziyatlar yaratilishiga harakat qilishadi. Biz to‘p bilan ishlash orqali xuddi shunday natijaga erishishga harakat qilamiz, lekin ba’zida ular chuqurroq himoyalanishadi.

"MYU"ga qarshi birinchi o‘yinning dastlabki 15-20 daqiqasi ular raqibni nafas olishiga yo‘l qo‘ymadi, keyin esa o‘z mahoratlarini ishga solishdi. Javob o‘yinida ular ko‘proq himoyalanishdi, ammo Grizmann, Karrasko, Feliks, Lodi, Lyorente, Koke bilan ko‘p yillardan buyon amalga oshirib kelayotgan qarshi hujumga o‘tishdi. Ular Chempionlar ligasi finalida o‘ynashdi, bu yerda g‘alaba qozonish uchun bir daqiqa kamlik qildi.

Ular g‘alaba qozonishni xohlaydi, biz ham. Bilamiz, ularga o‘z o‘yinlarini o‘ynashga qiynalishadi. Ularda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lishini bilgan holda, aqlli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.

Lekin biz yarim finalga chiqmoqchimiz va umid qilamanki, ular bizga qarshi o‘ynashdan xavotirda”, - dedi Gvardiola.

Kiritildi: 22:28, 18.03.2022.
O'qildi: 2415 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.