Italiyaning «Bolonya» klubi chap qanot himoyachisi Aaron Xikiga APLning yetakchi klublari qiziqish bildirishmoqda.
19 yoshli shotlandiyalik futbolchi A Seriyada muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazmoqda va bu Premyer-liganing top-klublari e’tiborini tortmoqda. 90min ma’lumotlariga ko‘ra, Xikini «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal» va «Tottenxem» hamda bir qator pastroq maqomdagi Premyer-liga klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda. Yaqinda Shotlandiya terma jamoasiga ilk chaqiruvini olgan yosh qanot himoyachisini Angliyadan kelgan skautlar muntazam kuzatib borishmoqda.
Aaron Xiki Italiya A Seriyasida 26 ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning hisobida 4 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.