Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ 2-4 Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal 2-3 Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli

UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini isloh qilmoqchi

UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini isloh qilmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UEFA klublar ustidan moliyaviy nazorat o‘rnatish maqsadida moliyaviy feyr-pley qoidalarini isloh qilmoqchi. Yangi qoidalarga ko‘ra, maoshlar, transfer to‘lovlari va agentlarga beriladigan komissiyalar qat’iy nazoratga olinadi.

Koronavirus pandemiyasi sabab kelib chiqqan inqiroz tufayli 2020 va 2021 yillarda Yevropa futboli 7 milliard yevro yo‘qotdi. Moliyaviy feyr-pleydan voz kechilishi mumkinligi haqidagi taxminlarga qaramasdan, tashkilot bu tizim Yevropa futbolining sog‘lom ishlashi uchun zarur ekanligini ko‘rsatmoqchi. UEFAning fikricha, moliyaviy feyr-pleysiz ba’zi klublar pandemiya inqirozidan omon chiqmagan bo‘lardi.

Tashkilot klublar ustidan moliyaviy nazorat o‘rnatmoqchi. UEFA klublarning kapitali oshishini xohlaydi. Agar biror jamoaning balansi (daromad va xarajat o‘rtasidagi farq) manfiy bo‘lsa, UEFA vaziyatni o‘zgartirishni talab qiladi, klublarga sanksiya bilan tahdid qiladi. Tashkilot klub xo‘jayinlaridan ko‘proq mas’uliyat talab qilmoqda. Unga ko‘ra, klublar ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Boshqa yangiliklar qatorida moliyaviy nazorat vaqtini o‘zgartirish rejalashtirilgan, deya xabar beradi RMC Sport. Islohotdan so‘ng UEFA klublarning o‘tgan yilgi emas, joriy yildagi moliyaviy ko‘rsatkichlarini baholaydi. Xarajatlarning uch ko‘rinishi qat’iy nazoratga olinadi: maoshlar, transfer to‘lovlari va agentlarga beriladigan komissiyalar. Har bir klub sarflashi mumkin bo‘lgan xarajatlar mablag‘ aylanmasiga bog‘liq bo‘ladi.

Klublar belgilangan maqsadlarga erisha olishi uchun UEFA ikki yil davomida ruxsat etilgan kamomadni ikki baravar oshirishga qaror qildi. U 30 dan 60 million yevrogacha oshiriladi. Bu summani klub egasi qoplab berish shartini o‘z zimmasiga olgandagina ruxsat beriladi.

«PSJ» prezidenti Nosir al-Helayfi boshchiligidagi Yevropa klublar assosiasiyasi (ECA) ushbu islohotni qo‘llab-quvvatladi. Islohotlar bo‘yicha ovoz berish mavsum so‘ngida, katta ehtimol bilan UEFA ijroqo‘mi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadigan 10 may sanasida o‘tkaziladi.

Agar islohot qabul qilinsa, yangi qoidalar 1 iyuldan kuchga kiradi. O‘tish davri esa 2024 yilga qadar davom etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:30, 19.03.2022.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.