Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Aston Villa" futbolchisiga Madrid klubi qiziqmoqda

"Aston Villa" futbolchisiga Madrid klubi qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Atletiko"ning Polsha terma jamoasi futbolchisi Metti Keshga qiziqishi yanvar oyida ma’lum bo‘lgandi. Keyinchalik Fabrisio Romano Keshni "matraschilar" himoyaning o‘ng tomonini mustahkamlashning asosiy varianti sifatida ko‘rayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Sunsport xabariga ko‘ra, "Atletiko" mavsum oxirida Keshni sotib olishni ko‘rib chiqadi. 24 yoshli futbolchi uchun boshqa klublar ham taklif bildirayotgan bo‘lsa, transfer 30-40 million funtga tushishi mumkin.

Metti Kesh joriy mavsumda "Aston Villa" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 09:50, 19.03.2022.
O'qildi: 1106 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик