Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

APL. «Arsenal» ketma-ket 4 safar o‘yinida g‘alaba qozondi, Saka oxirgi to‘rt uchrashuvda 5 ta samarali harakatni amalga oshirdi

APL. «Arsenal» ketma-ket 4 safar o‘yinida g‘alaba qozondi, Saka oxirgi to‘rt uchrashuvda 5 ta samarali harakatni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Bugun Angliya Premyer-Ligasi doirasida "Aston Villa" hamda «Arsenal» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Mazkur o‘yin boshlanguniga qadar bir qator qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

«Arsenal» Premyer-Liganing oxirgi 4 safar o‘yinida g‘alaba qozondi. Klub joriy mavsum dastlabki 8 safar o‘yinida 2 marta g‘alaba qayd etgan edi (1 durang, 5 mag‘lubiyat). «To‘pchilar» 2015 yilning may oyidan beri ketma-ket 5 mehmon bahsida g‘alaba qozonishmagan.

Bukayo Saka Premyer-Liga doirasidagi so‘nggi 4 o‘yinida 5 ta golli vaziyatlarda ishtirok etdi (4 gol va 1 assist). Joriy mavsum safar o‘yinlarida Sakadan ko‘p gol urgan «Arsenal» futbolchisi yo‘q.

"Aston Villa" APL doirasida o‘tgan «Arsenal»ga qarshi oxirgi 2 uy uchrashuvida g‘alaba qozongan. Jamoa musobaqada «to‘pchilar»ni bu seriyadan ko‘p marta g‘alaba qozongan payti 1975 va 1979 yillarga to‘g‘ri keladi (4 marta).

Filippe Koutinyo "Aston Villa" tarkibida Premyer-Liganing oxirgi 4 uy uchrashuvida 6 golda qatnashishga erishdi (3 gol, 3 assist). Bu natijasi orqali u yanvar oyida jamoaga qo‘shilganidan beri istalgan sheriklaridan kamida ikkita ko‘p golli harakatlarni amalga oshirgan. Birmingemliklar safida dastlabki 5 o‘yinida 6+ golli vaziyatlarda qatnashgan futbolchi sifatida faqatgina Dion Dublin e’tirof etib kelinadi (6 gol va 1 assist). Koutinyo ham uning safiga qo‘shilishi mumkin.

Bahs rasmiylari

Uchrashuvni Endi Medli boshqaruvidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi.

Bosh hakam: Endi Medli

Qanot hakamlari: Saymon Bennet, Mark Skouls

Zaxira hakami:Martin Atkinson

VAR: Jonatan Moss

VAR yordamchisi: Timoti Vud

 

Uchrashuv FUTBOL TV telekanalida namoyish etiladi va Davron Fayziyev sharxlab boradi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

 

Jamoalar shu paytga qadar o‘zaro 53 marta APL o‘yinida to‘qnash kelishgan. Shulardan 28 tasida «Arsenal», 11 o‘yinda "Aston Villa"ning qo‘li baland kelgan. 14 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. Tomonlarning Premyer-Liga doirasidagi so‘nggi uchrashuvi o‘tgan yilning 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda londonliklar o‘z maydonida 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Juma, 22 oktyabr 2021 yil

«Arsenal» 3-1 "Aston Villa"

 

Shanba, 6 fevral 2021 yil

"Aston Villa" 1-0 «Arsenal»

 

Yakshanba, 8 noyabr 2020

«Arsenal» 0-3 "Aston Villa"

 

Seshanba, 21 iyul 2020 yil

"Aston Villa" 1-0 «Arsenal»

 

Yakshanba, 22 sentyabr 2019 yil

«Arsenal» 3-2 "Aston Villa"

 

Ayni paytda «Arsenal» jamoasi 51 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 4-o‘rnida bormoqda. 36 ochko jamg‘argan mezbonlar esa 9-pog‘onadan joy olishgan. Joriy mavsum Premyer-Ligada "Aston Villa" 9, «Arsenal» esa 12 uchrashuvda darvozasidan to‘p olib chiqmagan.

Ikkala jamoa o‘yinchilari o‘rtasida Emil Smit Rou joriy mavsum APL o‘yinlarida eng ko‘p gol kiritigan - to‘qqizta. Aleksandr Lyakazett esa 7 ta golli uzatma bilan eng yaxshi assistent bo‘lib turibdi.

Taxminiy tarkiblar

"Aston Villa": Martines, Kesh, Chembers, Mings, Yang, MakGin, Luiz, Remsi, Buendia, Koutinyo, Uotkins

«Arsenal»: Remsdeyl, Soaresh, Uayt, Magalyayesh, Tirni, Parti, Jaka, Saka, Edegor, Martinelli, Lyakazett.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:29, 19.03.2022.
O'qildi: 2451 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.