«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta "Aston Villa"ga qarshi o‘tadigan o‘yindan oldin matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Chorshanba tungi mag‘lubiyatdan keyin nimalar qilgani haqida
Ruhan, jismonan yaxshi tiklanishga harakat qildik, soz dam oldik va uxladik. Kecha biz faqat tiklanish uchun vaqt sarfladik va ertangi o‘yin uchun (matbuot anjumani kecha bo‘lib o‘tgan) tayyorgarlik qilishdan oldin hamma yaxshi formada ekanligiga ishonch hosil qildik.
Premyer-Liga taqvimi haqidagi fikriga sobit qolishi haqida
Ha, albatta fikrimda qolaman. Men Premyer-Liga haqida gapiryapman. Yevropaning boshqa chempionatlari bilan taqqoslamayman. Yevropaning boshqa chempionatida bo‘lganingizda bu boshqa hikoya bo‘lar edi. Men taqqoslayotgan jihat Premyer-Liga bilan bog‘liq va bu juda ham farqli.
4 nafar futbolchisi Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgani haqida
Juda ham xursandman, ayniqsa yigitlar uchun. Chunki ular bunga munosib. Juda qattiq mehnat qilishadi va o‘z yurtlari sharafini himoya qilish ular uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini bilaman. Klub nomidan bu chaqiruvdan juda ham faxrlanamiz. Bu narsa sodir bo‘lganidan beri ancha vaqt o‘tib ketgandi, shuning uchun bu yaxshi alomat.
Balki Aaron Remsdeyl Angliyaning eng yaxshi darvozaboni ekanligi haqida
U hozir o‘sha yerda va o‘z joyi uchun kurash olib bormoqda. U juda qattiq ishlamoqda, chunki bu uning orzusi. Murabbiylar shtabi u birinchi raqamli darvozabon ekanligini hal qilishadi.
Gol o‘tkazib yuborganiga bildirgan munosabati haqida
O‘yindan jeyin g‘oyib bo‘ldi. Bu tabiiy holat, chunki u raqobatbardosh yigit. Ammo, bu faoliyatingiz davomida sodir bo‘ladigan narsa ekanligini anglab yetishingiz kerak. Bu darajada va milliy terma jamoa uchun o‘ynasangiz, balki sizda ham shunday lahzalar bo‘ladi. 10, 15 yoki 20 yil top darajada bo‘lishni xohlasangiz, shu narsalar uchun tayyor bo‘lishingiz kerak.
Musobaqani kuchli to‘rtlikda yakunlash jamoa va o‘zi uchun nimani bildirishi haqida
Bu ishni qila olsak, shunda sizga aytaman. Chunki, ushbu voqea hali sodir bo‘lmadi. Oldimizda o‘ynash kerak bo‘lgan 11 bahs qolgan va ko‘p narsalar sodir bo‘lishi mumkin va shuning uchun biz harakat qilyapmiz.
"Aston Villa"ning hozirgi holati va Jerrardning jamoada qilayotgan ishlari haqida
Juda yaxshi. Oxirgi o‘yinlarda ijobiy natijalar qayd etishdi. Jamoada bir qancha narsalarni o‘zgartirdi. Jamoa tuzilishida o‘zgarish qildi va stadionga yana boshqacha quvvat olib keldi. Uning qilayotgan ishlaridan ta’sirlandim.
Koutinyo haqida
U xavfli o‘yinchilardan biri. To‘p Koutinyoda bo‘lganida va u xavfli hududlarda bo‘lgan paytlarda jamoa ko‘p ishlarni harakatga keltiradi. Jamoaning hujum sohasida ko‘plab ishlarni amalga oshirdi, shuning uchun uning harakatlarini doim yodda tutish kerak bo‘ladi. Uning gollar yuzaga keltira olish, vaziyat yaratish, mavjud bo‘lmagan hududlardan joy ochish qobiliyati evaziga Angliyada yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu uning «Liverpul»da o‘ynagan paytdagi sifatlari hisoblanadi.