Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Superkompyuter YECHLda qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi

Superkompyuter YECHLda qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi

Baho:
+ | -

FiveThirtyEight algoritmi asosida ishlaydigan Superkompyuter Yevropa chempionlar ligasining joriy mavsumida jamoalarning chempionlik uchun imkoniyatlarini chamaladi. Xabaringiz bor, hozirda chorak finalga chiqqan 8 jamoaning nomi ma’lum.

Ular orasida g‘oliblik uchun eng yuqori imkoniyatga "Manchester Siti" klubi ega deya taxmin qilindi. Gvardiola shogirdlarining imkoniyati 28 foizga baholandi. Bu borada ikkinchi pog‘onani "Liverpul" band etdi. Klopp jamoasining imkoniyati 27% deya chamalandi. "Bavariya"ning g‘oliblik uchun imkoniyati 25 foizga teng bo‘ldi.

Nimchorak finalda "Pari Sen-Jermen"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Real"ning chempionlik uchun imkoniyati 6 foiz deya baholandi. Superkompyuterga ko‘ra, madridliklar "Chelsi" to‘sig‘idan o‘ta olishmaydi. "Atletiko", "Vilyarreal" va "Benfika" jamoalarining imkoniyatlari o‘ta past baholandi.

Chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinishda:

“CHELSI” — “REAL MADRID”
“MANCHESTER SITI” — “ATLETIKO”
“VILYARREAL” —  “BAVARIYA”
“BENFIKA” — “LIVERPUL”

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:17, 20.03.2022.
O'qildi: 9103 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик