Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ronaldu bilan ovqatlangan, Pele bilan suratga tushgan va 14 yoshida debyut qilgan "janob hech kim": u qayerda?

Ronaldu bilan ovqatlangan, Pele bilan suratga tushgan va 14 yoshida debyut qilgan "janob hech kim": u qayerda?

Baho:
+ | -

Qanday qilib muhim muvaffaqiyatga erishmasdan futbol tarixiga kirish mumkin? Ushbu mavzu bo‘yicha master-klassni AQSH terma jamoasining sobiq futbolchisi Freddi Adu o‘tkazishi mumkin.

1990 yillarning oxirida sakkiz yoshli Freddining onasiga omad kulib boqdi: u "Green card" yutib oldi va oilasini Ganadan AQSHning Merilend shtatiga ko‘chirdi. U yerda Adu maktabga bordi va tez orada o‘smir o‘z iqtidorini namoyish etdi va futbol murabbiyining e’tiborini tortdi.

Freddi 12 yoshida Xayts futbol maktabiga Merilend chempionatida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Bir yil oldin vunderkind Italiyada AQSH Olimpiya taraqqiyot dasturi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro turnirda chaqnagan edi. Musobaqa davomida Adu jamoasi «Yuventus» va «Lasio» klublarini mag‘lub etdi va uning o‘zi ham turnirning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi hamda to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Yoshlar darajasidagi muvaffaqiyatlar zanjirli reaksiyaga sabab bo‘ldi. 2004 yilda 14 yoshli Freddi professional shartnomaga ega eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi - MLS klubi "Di Ci Yunayted" uni loyihada birinchi tanlov sifatida tanladi. Muxlislar Aduni «amerikalik Pele» deb atashdi va dastlab u ishonchni oqladi – u 15 yoshga to‘lmasdanoq MLSda debyut o‘tkazdi va gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Dunyoda aduisteriya boshlandi. Freddi Time jurnalining birinchi sahifalaridan joy ola boshladi. Nike kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini imzoladi. U Pele bilan birga Sierra Mist sodasi reklamasida rol o‘ynadi va futbol qiroli Pele Freddini qo‘lida ko‘tarib, Mosart bilan taqqosladi.

Bularning barchasi Aduning boshini aylantirib qo‘ydi. 2006 yilda butun Amerika Adu asosiy terma jamoa tarkibida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga borishiga ishonchi komil edi. Haqiqat unchalik qizg‘in emas edi: bosh murabbiy Bryus Arena yigitning bunday musobaqalarda ishtirok etishiga hali erta, deb oqilona qaror qildi.

O‘zining super yulduzi maqomiga o‘rganib qolgan Adu «Di Ci Yunayted» bosh murabbiyi Petr Novakka kam o‘yin vaqti bergani uchun jahli chiqdi va omma oldida noroziligini oshkor qildi. Freddi unga berilishi mumkin bo‘lgan barcha imtiyozlar allaqachon to‘langanligini hech qachon tushunmadi - hisoblarni to‘lash vaqti keldi. Makoley Kalkin yolg‘on gapirishingizga yo‘l qo‘ymaydi: erta kelgan shon-shuhrat har doim ham katta bo‘lganingizda foyda olib kelmaydi.

«Agar orqaga qaytish imkonim bo‘lsa, hayotimda ko‘p narsani o‘zgartirgan bo‘lardim», dedi Adu yillar o‘tib. “Men yosh va sodda edim. Hozirgi tajribamni hisobga olsam, men narsalarga boshqacha yondashgan bo‘lardim. Men ko‘p odamlarga, jamoadoshlarimga past nazar bilan qarardim. Endi o‘zimni boshqacha tutishim kerak edi, deb o‘ylayman" - deydi Adu.

2006 yilda "amerikalik Pele" deyarli «Manchester Yunayted»ga o‘tgandi. Ser Aleks Fergyuson vunderkind bilan «Old Trafford»ga potensial o‘tishni shaxsan muhokama qildi, ammo Adu Manchesterda atigi ikki hafta vaqt davomida akademiya o‘yinchilari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. «Manchester Yunayted» hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli Freddi bilan to‘laqonli shartnoma imzolay olmadi — voyaga yetmagan futbolchiga ishlash uchun ruxsatnoma olish juda qiyin edi.

"Hamma Krishtianu Ronalduni mag‘rur deydi, lekin Manchesterda bo‘lgan barcha futbolchilar ichida faqat u suhbatlashish uchun kelgan va meni kechki ovqatga taklif qilgan. U o‘zini hayratlanarli tutdi. Albatta, men allaqachon Ronalduni juda hurmat qilardim, lekin shundan keyin uni yanada hurmat qildim, u mening sevimli futbolchimga aylandi" - degandi o‘shanda Adu.

"Di Ci Yunayted"ni tark etgach, Adu "Real SoltLeyk" jamoasiga ko‘chib o‘tdi va keyin Yevropaga yo‘l oldi. Iqtidorli futbolchini "Benfika" klubi bir yarim million yevroga sotib olganini rasman e’lon qildi. Freddi faoliyatini «Monako»ga o‘tishi bilan buzdi - uning o‘zi bunga amin: "Men "Monako"ga ijaraga o‘tishga qaror qildim, chunki "Benfika"dagi birinchi yilda uch xil murabbiy qo‘l ostida o‘ynadim. Menga yanada barqaror muhit kerak deb o‘yladim. "Benfika"da men Di Mariya va David Luiz bilan yo‘lim kesishgan – men ikki yosh kichik bo‘lsamda, barchamiz U-20 Jahon chempionatida birga o‘ynaganmiz. "Benfika"ga endi kelgan paytimda men Di Mariyadan yaxshiroq o‘ynadim. Ammo menda "Monako"ga borish imkoniyati paydo bo‘ldi va men ketdim, ammo Di Mariya Lissabonda qoldi.

«Benfika»ning keyingi murabbiyi yoshlarni o‘ynashga ruxsat berdi, lekin men uchun hammasi unchalik zo‘r emas edi. Men jamoadan ketganimdan keyin Di Mariya o‘z o‘rniga ega edi, ammo, men esa "Monako"da deyarli o‘ynamadim. Ko‘p o‘tmay Di Mariya "Real" bilan shartnoma imzoladi va Monte-Karlodan keyin tushunarsiz joyga tiqilib qoldim - Gresiya chempionatidagi «Aris» jamoasiga o‘tdim. O‘ylashimcha, agar «Benfika»da qolganimda, faoliyatim butunlay boshqacha bo‘lardi - Di Mariyanikidek yoki shunga o‘xshash.

Adu faoliyati davomida 2018 yilgacha faqat "Di Ci Yunayted" safida 50 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi. Freddi Turkiya ("Rizespor"), Serbiya ("Yagodina") va Finlyandiya ("KuPS") chempionatlarida ham ishtirok etishga ulgurdi.

Haqiqiy futboldagi arzimas yutuqlardan farqli o‘laroq, Adu futbol simulyasiyalarining haqiqiy afsonasiga aylandi. "Football Manager"da uning salohiyati steroidlar kabi "bombalangan" edi. Tajribali muxlislar uni forumlarda nostalji bilan eslashadi:

  • "2000 yillardagi futbol simulyatorlarini o‘ynaganlar bu yirtqichni eslashadi!"
  • "Albatta! Futbol menejeri sifatida u shunchaki mega-talant edi. FIFAda esa, nazarimda, u ham yaxshi rivojlangan. Afsuski, u real hayotda o‘zini to‘liq ochib bermagan"

Freddining o‘zi ham uzoq vaqt davomida virtual olamda bu qadar mashhur ekanligiga shubha ham qilmagan: “To‘g‘risini aytsam, bolaligimda Football Manager nimaligini bilmasdim. Biz bu yerda, AQSHda Football Manager o‘ynamaymiz, shuning uchun men Feysbukda va boshqa joylarda bu ma’lumotlarni ola boshlagunimcha, men bu haqda ko‘p narsa bilmasdim: «Football Manager afsonasi!» Va men o‘yladim: «Football Manager afsonasi nima?!»

Yevropada esa bu juda muhim voqea. Vaqt o‘tishi bilan men tushundim: «Demak, men Yevropadagi va ayniqsa Angliyadagi barcha muxlislarni topganman!» Ko‘pchilik britaniyaliklar menga Football Managerda afsona ekanligimni aytishdi. Va bu bugungi kungacha sodir bo‘lmoqda. "Instagram"dagi barcha shaxsiy xabarlarimni o‘qishga vaqtim yo‘q - ular minglab!

2020 yil oktyabr oyida, ikki yillik tanaffusdan so‘ng, Adu kutilmaganda 400 kishidan iborat mitti baliqchilar qishlog‘ini ifodalovchi uchinchi liga klubi - Shvesiyaning "Osterlen" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Shu bilan birga, Freddi o‘zining "tvitter"dagi rasmiy sahifasida shunday deb yozdi: «Men futbolni juda sog‘indim va yana o‘ynay olganimdan xursandman. Zinapoyadan bir qadam tashlab yuqoriga ko‘tarilish. Ilgari men bir necha qadam sakrab yurgan bo‘lsam, endi buni to‘g‘ri qilish imkoniyati bor. Men juda hayajondaman, lekin hech qachon hozirgidek tayyor bo‘lmaganman».

Afsuski, bu to‘g‘ri chiqmadi. Transfermarkt xabariga ko‘ra, Adu to‘rt oydan so‘ng "Osterlen" jamoasini tark etgan va yangi jamoada bir daqiqa ham o‘ynamadi. Hozir u atigi 32 yoshda - hali ham Di Mariya va David Luisdan yosh. Ammo ular hali ham yuqori saviyada o‘ynashmoqda, biroq, Freddi sportni tark etgan va qaytish haqida o‘ylamayapti.

"Amerikalik Pele" o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida vertikal videolarni nashr etmoqda (NEGA?), bolalarni qanday o‘rgatishini ko‘rsatadi va obunachilarga "Vedmaka" va "Betman"ni tomosha qilishni maslahat beradi. Ehtimol, bu uning kattalar tomonidan yetkazilgan o‘smirlik jarohatini davolashning yagona yo‘lidir...

Kiritildi: 07:00, 20.03.2022.
O'qildi: 9132 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.