Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

Hamyurtimiz Komil Ro‘ziyev Osiyo-Okeaniya kurash konfederasiyasiga prezident etib qayta saylandi

Hamyurtimiz Komil Ro‘ziyev Osiyo-Okeaniya kurash konfederasiyasiga prezident etib qayta saylandi

Baho:
+ | -

Dushanbe shahrining markazida joylashgan Tojikiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida Osiyo-Okeaniya kurash konfederasiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Kongress Osiyo-Okeaniya kurash konfederasiyasi rahbariyatiga saylovlar bo‘lgani bilan ham ahamiyatlidir.

Kongressda tashkilot tarkibidagi 25ga yaqin davlatdan delegatlar ishtirok etdi. Dastlab kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha KSAO prezidenti Komil Ro‘ziyev hisobot berdi:

- Bugun qilingan ishlar sarhisobi haqida o‘ylar ekanmiz, eng avallo shu yig‘ilishimizga sog‘-salomat yetib kelganimiz uchun yaratganga shukrlar aytamiz, - dedi Komil Ro‘ziyev o‘z so‘zida. – Sababi, butun dunyoni tashvishga solgan koronavirus pandemiyasi oramizdagi ko‘plab insonlar, do‘stlarimizni olib ketdi. Bundan tashqari oldimizga qo‘ygan ko‘plab rejalarni, musobaqalarni ortga surishga yoki bekor qilishga sabab bo‘lgani ayni haqiqat.

Qadrli do‘stlar! O‘tgan vaqt davomida 2 marta yoshlar, bir marta kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati, 10 ga yaqin turli darajadagi xalqaro turnirlar va seminarlar o‘tkazildi. 4ta yangi federasiya KSAO a’zoligiga qabul qilindi. Federasiyalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Kongressda Saudiya Arabistoni kurash qo‘mitasi KSAO oilasiga yangi a’zo sifatida qabul qilindi. Shundan so‘ng Kongress kun tartibidagi tashkiliy masalalar boshlandi.

Tashkilot rahbarligiga amaldagi prezident Komil Ro‘ziyev yagona nomzod sifatida tavsiya qilindi va bir ovozdan yana to‘rt yilga qayta saylandi. KSAO birinchi vise-prezidenti etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Baxriddin Valiyev saylandi.

Ma’lumot uchun: Bahriddin Valiyev 2016-2021 yillarda Xalqaro kurash insitituti rektori, Toshkent shahar kurash federasiyasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

KSAO Bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Farrux Saidqulov yana mazkur lavozimga qayta saylangan bo‘lsa, Eron kurash federasiyasi Bosh kotibi Koroush Xosyorar KSAO texnik direktori etib saylandi.

Shuningdek, Kongressda KSAO'ning doimiy qo‘mitalari rahbarlari ham tanishtirildi:

Hakamlik qo‘mitasi – Pulsak Sajatamnukul (Tailand),
Protokol qo‘mitasi – Frankois Saade (Livan),
Ayollar sporti qo‘mitasi – Shamsiya Saidova (Tojikiston),
Huquq qo‘mitasi - Moxlis Hasan Haider (Iroq),
Sportchilar qo‘mitasi – Nguyen Huu An (Vetnam),
Matbuot va PR qo‘mitasi – Jamshid Namozov (O‘zbekiston),
Sport qo‘mitasi - Chang Kai Feng (Xitoy Taypeyi),
Tibbiyot qo‘mitasi – UzNADA vakili,
Moliya qo‘mitasi – Doniyor Ro‘ziyev (O‘zbekiston),
Xalqaro aloqalar qo‘mitasi – Amir Sedigi (Eron),
Ta’lim qo‘mitasi – Farhod Rahimov (O‘zbekiston).

Kongress yakunida qit’amizda kurashni yanada rivojlantirish, milliy federasiyalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 14:09, 20.03.2022.
O'qildi: 1698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.