Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Mourinyo: "Biz yanada ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, lekin raqibni hurmat qildik"

Mourinyo: "Biz yanada ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, lekin raqibni hurmat qildik"

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Lasio»dan ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng, raqibni hurmat qilishga chaqirdi.

A Seriyaning 30-turidan o‘rin olgan bahsda «bo‘rilar» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Ajoyib ijro. Jamoa aynan shu raqib ustidan g‘alaba qozonish uchun nima qilish kerakligini bilar edi. Bu haqiqatan ham o‘zgacha o‘yin bo‘ldi, biz ustida ishlagan va tayyorlagan hamma narsa amalga oshgandek tuyuldi.

«Lasio» ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglashga harakat qildi, derbida ishtirok etayotgan jamoa g‘ururi bilan o‘ynadi, lekin bizga haqiqatan ham tahdid qilmadi - bu mening yigitlarimning xizmatlari.

Muxlislarning har bir harakatga «Ole» deb baqirishlari, o‘yinchilar esa buni o‘yin allaqachon tugagandek talqin qilishlari yoki o‘zini ko‘rsatishga kirishishlari menga yoqmaydi. Hurmat ko‘rsatish juda muhimdir. Biz 3:0 hisobida g‘alaba qozondik, ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, ammo raqibga hurmat ko‘rsatish nihoyatda muhim.

Abraham bundan ham yaxshiroq o‘ynashga qodirligini bilaman. Bugun gap nafaqat uning gollari haqida, balki uning qanday pressing qilgani, qanday kurashgani, himoyaga qaytgani, himoyada ishlagani haqida ham ketmoqda. Bu "Vitess" bilan o‘yinda yuz bermagandi. Men Temmidan ko‘p narsani talab qilaman, lekin faqat uning qobiliyatlarini bilganim uchun. U har doim shu munosabat bilan o‘ynashi kerak.

Men kuchli to‘rtlikdan joy olgan jamoalarni ko‘ryapman va ularning hech biri undan chiqib ketishini tasavvur qila olmayman. Beshinchi-sakkizinchi o‘rinlar uchun to‘rtta klub da’vogarlik qilmoqda va ularning salohiyati 4-o‘rindagi jamoalardek katta emasligi aniq. 5 va 8-o‘rinlar o‘rtasida farq bor, shuning uchun biz mavsumni muvaffaqiyatli yakunlamoqchimiz” - dedi Mourinyo DAZN.

Kiritildi: 02:32, 21.03.2022.
O'qildi: 2550 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.