Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Marselo: «O‘g‘lim bilan futbol haqida ko‘p gaplashmayman»

Marselo: «O‘g‘lim bilan futbol haqida ko‘p gaplashmayman»

Baho:
+ | -

«Qirollik klubi»ning birinchi raqamli sardori El Hor-miguero dasturida faoliyati va kelajagi haqida gapirdi, chunki uning shartnomasi yaqinlashib kelayotgan 30 iyun kuni nihoyasiga yetadi.

Sardorlik haqida

- Klub sardorlaridan biri bo‘lish sharafdir, bizda yana uch nafar sardor bor. Bu juda katta mas’uliyat. Biz hakam bilan gaplashishimiz mumkin, garchi buni barcha o‘yinchilar uddalay olsalarda. Balki, bizni biroz ko‘proq ta’sir o‘tkaza olishimiz uchun tanlashgandir.

La Liga haqida

- O‘yindan o‘yinga yaxshiroq harakat qilishga intilamiz. La Liga - murakkab turnir, oldinda esa hali ko‘plab shiddatli bahslar turibdi. Shu tempda ishlashda davom etishimiz lozim, chunki biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Allaqachon ko‘p narsalarga guvoh bo‘lganmiz, raqiblarni hurmat qilish kerak, chunki chempionat qanday boshlangani emas, qay tariqa yakunlanishi muhimdir.

Madridga o‘tishi haqida

- Aslida, agentim hamrohligida «Valdebebas» bilan yaqindan tanishish uchun kelgandim. Barcha narsalarim hali «Fluminense»da qolgandi. Qayerga ketayotganimni faqatgina qallig‘imga aytgandim. Mashg‘ulot maydoniga borib, Bekxemni ko‘rib, keyin «Bernabeu»ga yo‘l oldim. Meni do‘konga olib borishdi va umrimda hech qachon kiymagan kostyumni oldik, stadionga kelganimda esa shartnoma allaqachon tayyor edi. Ikki marta o‘ylab o‘tirmadim, shunchaki, imzo qo‘ydim - hammasi juda tez sodir bo‘ldi.

Roberto Karlos haqida

- U bilan uchrashganimda tilim aylanmay qolgandi. Roberto menga ko‘p yordam berdi, «Rojdestvo»da esa hatto uyiga olib bordi. Karlos bolalikdan kumirim, lekin buni bilmasdi. Baribir, u men uchun buyuk inson bo‘lib qolaveradi.

Devid Bekxem haqida

- Menda eng katta taassurot qoldirgani Bekxem bo‘ldi, chunki u shunchaki futbolchi emas, yulduz edi. Roberto Karlos, Serxio, Van Nistelroy, Salgado, Raul, Kasilyas... Boshida ispan tilida gapirish qiyinchilik tug‘dirdi, ingliz tilini-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Lekin Bekxem va boshqalar mehribonlik ko‘rsatishdi. Raul sardor edi, men bilan oilamni juda yaxshi qabul qildi.

Chempionlar Ligasi haqida

- YECHL finali bosimi juda katta, o‘yindan oldin uxlash shunchaki mumkin emas, keskinlik yuqori. O‘yin davomida asabiylashish yo‘qoladi. Mamlakatimni Yevropada namoyon qilish juda yoqimli.

Kelajagi haqida

- Klubda ham, shaxsiy hayotimda ham xotirjamman. O‘g‘lim ulg‘ayguncha u bilan o‘ynashni xohlayman. Yuqori saviyada to‘p surishda davom etmoqchiman. Oldinda bizni muhim o‘yinlar kutib turibdi, men dunyoning eng yaxshi jamoasi sardoriman, o‘zimni xotirjam va himoyalangandek his qilyapman. Hamma narsaning nihoyasi bor, faoliyatimni Madridda yakunlamoqchiman, lekin bu qarorni men qabul qilmayapman.

O‘g‘li haqida

- U bilan futbol haqida ko‘p gaplashmayman, chunki Madridda juda malakali murabbiylar bor. O‘g‘limning o‘yinlariga borganimda, qolgan futbolchilarning ota-onalari bilan birga uning jamoasini qo‘llab-quvvatlayman.

Hakamlar haqida

- Ha, biz o‘yinni kim boshqarishini oldindan aniqlashga harakat qilamiz, lekin bahslashish uchun emas, balki qanday murojaat qilishni bilish uchun. Deylik, uni sizlash kerakmi yoki sensirash? Albatta, hakamni oldindan o‘rganamiz, chunki ular ham bizni o‘rganishadi. Hakamning qanchalik serg‘ayrat ekanligini oldindan bilib olgan ma’qul.

Eng muhim futbolka almashish haqida

- Juda ko‘p futbolchilar bilan o‘zaro liboslarimizni almashtirganmiz, lekin eng qimmatlisi Tottining «Roma»dagi futbolkasi. U hatto men uchun o‘sha libosiga imzo ham chekkan.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:20, 21.03.2022.
O'qildi: 2339 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.